24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:42
Jamiyat 👁 14,235

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tuman ahliga tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning  Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tuman ahliga tabrigi

Qadrli yurtdoshlar!

Avvalambor, barchangizni yasharish va yangilanish ayyomi — Navroʻz bayrami bilan chin dildan samimiy tabriklayman!

Bu bayram – ota-bobolarimiz ming yillar davomida nishonlab kelgan, urf-odatlarimizni va milliyligimizni oʻzida jamlagan maʼnaviy boyligimizdir.

Ajdodlarimiz Navroʻzni yil boshi sifatida nishonlab, dalalarda dehqonchilik ishlarini aynan shu kunda boshlaganlar. Bu anʼana bugun ham davom etmoqda. Ayni kunlarda dehqonlarimiz yerga baraka urugʻlarini ekishga tayyorgarlik koʻrmoqdalar. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish va koʻchat ekish tadbirlari ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Fursatdan foydalanib, tajribali dehqonlarimiz va fidoyi fermerlarimizning boshlanayotgan ishlariga baraka tilaymiz!

Nafaqat dehqon va fermerlarimiz, balki har bir yurtdoshimiz yangi yilni yangi rejalar bilan boshlab, Navroʻzni dastlabki yutuqlari bilan qarshi olmoqdalar. Ularning mehnatlari evaziga Amudaryo tumanimiz ham kundan kunga rivojlanib, xalqimizning turmush sifati yuksalib bormoqda. Birgina joriy 2022-yilning oʻzida tuman miqyosida amalga oshiriladigan ishlarning oʻziyoq fikrimizning isbotidir.

Jumladan, joriy yilda jami 343,2 mlrd. soʻmlik 81 ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Aholining bandlik darajasini oshirish maqsadida 6972 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Buning uchun umumiy qiymati 68,7 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Kichik biznes subʼektlari sonini hozirgidan 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, 2022-yilda yangidan 645 ta tadbirkorlik subʼektlari tashkil etiladi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda “Toʻlqin” ovuli va “Ayoqchi” ahallasida 27,3 mlrd. soʻmlik qurilish va obodonlashtirish ishlari bajariladi.

Shuningdek, “Farovon” mahallasi hududida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida 6 ta, tadbirkorlar hisobidan 4 ta koʻp qavatli turar joylar quriladi.

Prezidentimizning qarori asosida joriy yilda fermer xoʻjaliklarining paxta va gʻalladan qisqartirilgan 897 gektar maydonlarini 3 ming 588 ta dehqon xoʻjaliklari tashkil qilish uchun aholiga berish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Fursatdan foydalanib, amudaryolik barcha sohalar fidoyilarining Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili deb nomlangan 2022-yilda amalga oshirayotgan xayrli va masʼuliyatli ishlarida omad tilaymiz!

Aziz yurtdoshlar!

Shu kunlarda “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda Navroʻz bayramini keng nishonlamoqdamiz. Shunday qutlugʻ kunlarda avvalo milliyligimizning himoyachisi, ozodligimizning asosi boʻlmish mustaqilligimiz abadiy boʻlishini Yaratgandan soʻraymiz. Dunyoning turli burchaklarida notinchliklar davom etayotgan bugungi kunda yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon va turmushimiz farovon boʻlishini soʻrab duoga qoʻl ochgan otaxon va onaxonlarimizning tilaklari ijobat boʻlsin!

Kelasi Navroʻz bayramlariga ham barchamizni tinchlik-omonlikda, sogʻ-salomat yetkazsin!

Buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek, har tunimiz qadr kechasi kabi barakali, har kunimiz Navroʻz kabi quvonch va shodliklarga toʻla boʻlsin!

Navroʻz bayrami barchangizga muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026