Hokim va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi
Zamonaviy bilim va könikmalarga ega, maqsadga intiluvçan, serğayrat yoşlarni tarbiyalaş yangi Özbekistonda eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Şu maʼnoda yoşlarning muammo va takliflarini tinglaş, ijobiy yeçim topişiga kömaklaşiş maqsadida tumanimiz böylab “Hokim va yoşlar uçraşuvlari” taşkil qilinmoqda.
Amudaryo tumanidagi Beştom ovul fuqarolar yiğini hududida joylaşgan 24-sonli umumtaʼlim maktabida navbatdagi “Hokim va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailov hamda tegişli muassasa, taşkilot masʼullari qatnaşişdi.
Uçraşuv rasmiyatçilikdan holi oçiq va samimiy ruhda bölib ötdi. Tuman hokimi dastlab, yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor va şart-şaroitlar haqida töxtalib, mahalladagi yoşlar yetakçisining faoliyati bilan qiziqdi. Yoşlar yetakçilari, yoşlarning muammo va takliflarini örganişda hokim yordamçisi bilan hamkorlikda iş yuritişi lozimligini aytib ötdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev yoşlarga murojaat qilib, bugun amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarining barçasi yoşlar uçunligini, yoşlar öz ustida doimiy işlab, hamişa yuqori marralarni zabt etişga intilişlari lozimligini taʼkidladi.
Uçraşuvda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov Vatan kelajagi faqat yoşlar qölida ekanligi, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş muammolarini hal qiliş uçun tumanimizdagi barça mutasaddi taşkilot rahbarlari masʼul ekanligini aytib ötdi. Şuningdek, yoşlar uçun tuman Xalq qabulxonasi eşiklari doimo oçiqligi taʼkidlandi.
Şundan söng yoşlar tuman xokimiga öz muammo va takliflari bilan murojaat qildi. Uçraşuvda yoşlar tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tuşdi. Joyida hal qiliş imkoni bölgan murojaatlar, taklif va taşabbuslar yuzasidan yoşlarning talablari qanoatlantirildi. Atrofliça örganişni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etiş yuzasidan Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi hamda aloqador muassasa, taşkilot, idoralarga muddatlar belgilanib, topşiriqlar berildi.
Xususan, imtiyozli kredit evaziga çorvaçilikning qöyçilik yönalişi böyiça öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişni istagan Ergaş Davlatbayev hamda issiqxona bunyod etib mahalladoşlarini arzon va xavfsiz poliz mahsulotlari bilan taʼminlaşni niyat qilgan Umida Gulmirzayevalarning murojaati şu yerning özida körib çiqildi. Hamda qisqa muddatda hal etilişiga kelişib olindi.
Murojaat va savollar barobarida uçraşuvda iştirok etgan yoşlar tuman hokimiga öz takliflarini ham berişdi. Hokim va yoşlar uçraşuvi barça yoşlarda özgaça taassurot qoldirdi.
Tuman hokimligning Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶