DARYoBÖYIDA NAVRÖZ ŞUKUHI
Navröz – neça asrlardan buyon xalqimiz ulkan şodiyonalar bilan nişonlaydigan, eng qadimiy, milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz va qadriyatlarimiz yaqqol namoyon böladigan qutluğ bayramdir. Şarq taqvimi böyiça Yangi yil sanalmiş bu kunning mazmuni, tarovati, fayzi özgaça.
Bizning hududimizda haqiqiy köklam Navrözdan boşlanadi. Tabiat uyğonib, çor-atrofning jonlanib, yaşillikka burkanişi odamlar köngliga köçadi. Ota-bobolarimizning “Navrözdan söng, qiş bölmas” deganlari ham şundan.
Yurtdoşlarimiz joriy yilgi Navröz bayramini ham şod-u xurramlikda, ulkan tadoriklar bilan boşladi.
Daryoböyi mahallasida ham “Yurtimga xuş kelding, Navröz!” deb nomlangan tadbir bölib ötdi.
Mahalla fuqarolar yiğini masʼullari hududdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 65-sonli maktab, 32-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti xodimlari bilan hamkorlikda taşkillaştirgan uşbu tadbirga öqituvçilar, öquvçilardan taşqari, yoşi uluğ nuroniy otaxonlar, onaxonlar, elga xizmat qilib obrö-eʼtibor qozongan mehnat fidoyilari, intiluvçan va iqtidorli yoşlar iştirok etdilar. Mehmonlar bahoriy taomlar, kök somsa, sumalak, göja, palovlar bilan siylandi va köngiloçar tomoşalar namoyiş qilindi. 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi iqtidorli öquvçilari, 32-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilari ijro etgan teatrlaştirilgan bayram tomoşalari bahorni, Navrözni soğingan yurtdoşlarimizga çeksiz zavq-şavq bağişladi.
Şunisi eʼtiborliki, şu kuni fuqarolar yiğini raisi Mahmud Töliboyev bir guruh faollar bilan birga hududdagi kam taʼminlangan oilalarga, şuningdek, keksayib, harakatlari çeklanib qolgan nuroniylarga Navröz bayrami munosabati bilan sovğa, oziq-ovqat mahsulotlarini topşirdi.
Buningdek azaliy qadriyatlarimizning öz ifodasini topayotgani – Navröz şukuhi, quvonçi barça yurtdoşlarimizning ham köngliga yetib borişiga xizmat qiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶