XOTIN-QIZLAR TAZYIQ VA ZÖRAVONLIKDAN HIMOYa QILINADI
Hozirgi kunda xotin-qizlarga nisbatan sodir qilinayotgan har xil körinişdagi tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş ustuvor masalalardan biriga aylanib, qonun darajasida kafolatlanmoqda. Özbekiston Respublikasining 2019-yil 3-sentyabrdan kuçga kirgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonuni buning yaqqol ifodasidir.
Tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçi deganimizda – öziga nisbatan tazyiq va zöravonlik sodir etilişi tahdidi ostida bölgan yoki tazyiq va zöravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi şaxsni tuşunamiz. Tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçilar tegişli huquqlarga ega.
Bunday vaziyatda jabrlangan ayol öziga nisbatan tazyiq va zöravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etiş tahdidi töğrisidagi ariza bilan tegişli vakolatli organlarga hamda taşkilotlarga yoxud sudga murojaat etişi mumkin. Maxsus markazlarda, şuningdek, bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boşqa yordam oliş, içki işlar organlariga himoya orderi beriş töğrisidagi talab bilan murojaat qiliş, himoya orderi şartlari buzilgan taqdirda esa ularni bu haqda xabardor qiliş huquqiga ega.
Tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçi yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplaş hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qiliş töğrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji tölaşdan ozod qilinadi.
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi yordam körsatiş, maslahat beriş mexanizmi hamda çora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş töğrisida axborot olişni taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasining butun hududida tun-u kun işlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmoği 1146 raqami işlab turişini taʼminlaydi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan bu kabi işlar ayol-qizlarning haq-huquqlari kafolatli himoya qilinişini taʼminlamoqda.
N.Jumaniyozova,
tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶