21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:15
Iqtisodiyot 👁 4,986

Koʻchmas mulk hamisha himoyada

Koʻchmas mulk hamisha himoyada

Mamlakatimizda aholining yer va mulkka boʻlgan huquqini muhofaza qilish, bu borada qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha qator amaliy ishlar qilinmoqda. Yer kadastri va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish tizimini yaxshilash, sohani yanada takomillashtirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori muhim dasturilamal boʻlmoqda. Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi hamda "Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar tasdiqlandi.

"Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan, yer osti inshootlariga), koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar, yer uchastkalariga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllab, "bir oyna” tamoyili boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi, shuningdek ular bilan bogʻliq bitimlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.

Aytish kerakki,yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyingina kuchga kiradi. Biror yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkasi, bino yoki inshootlar, agar ularga egalik huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, mazkur jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli emas, deb hisoblanadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish - yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan, bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarining vujudga kelganligini, boshqa shaxsga oʻtganligini, cheklanishini (yuklanishini), bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy harakatdir.

Yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida nazarga tutilgan kadastr va roʻyxatga olish xizmatlarini toʻliq hajmda koʻrsatish uchun yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tarkibida «bir oyna» boʻlimi tashkil etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻzlarining tanlovlariga koʻra, telekommunikatsiya kanallari boʻyicha elektron hujjat koʻrinishida murojaat qilishga haqlidirlar.

Ariza elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda rasmiylashtiriladi va zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va axborot resursi orqali elektron shaklda joʻnatiladi.

Hozirda tuman "Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonasida ham yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari "Bir oyna” tamoyili boʻyicha amalga oshirilmoqda.

Ilgari fuqarolarning yer uchastkasi va binolarga boʻlgan egalik huquqini davlat reyestridan oʻtkazish alohida yuritilib, bu koʻp vaqt talab qilar, turli hujjatlar tayyorlashga toʻgʻri kelardi. Endilikda tadbirkorlarga qulay boʻlishi uchun bu jarayonlar ixchamlashtirildi. "Yer kadastri kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida mulkka boʻlgan huquqni davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirildi.

Joriy yilning 8 oyi davomida Amudaryo tumani "Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonasi tomonidan jami 767 ta tadbirkorlik subʼektlarining mulklari tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalari hamda tuman tibbiyot birlashmasi va unga qarashli joylardagi tibbiyot muassasalarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari yakuniga yetkazilish arafasida.

Korxonamiz tomonidan joriy yilning boshidan shu kunga qadar 881 ta turar joylar xatlovdan oʻtkazilib, shulardan 580 ta turar joyga egalik huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizga eslatib oʻtmoqchimizki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 84-moddasiga asosan koʻchmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 160-moddasiga asosan fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarda oʻz vaqtida rasmiylashtirmasligi eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shunday ekan, oʻzimizning foydalanuvimizdagi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni unutmaylik!

Ikrom KARIMOV,

tuman "Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” davlat korxonasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026