HAR GÖŞADA KEZAR NAVRÖZ NAFASI
Ayni kunlarda yurtdoşlarimiz barçamizga çeksiz quvonç-u şodliklar hadya etgan Navrözi olam ayyomini keng nişonlamoqdalar, sumalaklar qaynatib, bayram sayllari ötkazişmoqda.
Şu yilning 16-martida Manğit şahrida joylaşgan kimyo, biologiya fanlariga ixtisosolaşgan 38-sonli maktabning 7 v sinfi öquvçilari ham sinf rahbari Nodira Qurbonboyeva boşçiligida “Assalom, Navröz” deb nomlangan maʼnaviy –maʼrifiy tadbir ötkazdilar. Bayram tadbirini maktab direktorining maʼnaviy- maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nazokat Yusupova oçdi va barçani şarqona yangi yilning kirib kelişi- Navrözi olam bilan qutladi. Yurtimizda keng nişonlanadigan uşbu bayramning öziga xos udumlari, tarixi haqidagi maʼruzadan söng milliy kiyimlar kiygan öquvçilar davraga çiqişdi. Ular ijrosidagi qöşiqlar, raqslar, ifodali öqilgan şeʼrlar barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
Şuningdek, yigitlarning abjirligini, kuçliligini sinovdan ötkazuvçi arqon tortiş, varrak uçiriş öyinlari, qizlar ijrosidagi aytişuvlar, Navröz bayramiga boğlik marosim qöşiqlari ham uquvçilarning milliy bayramimizga hurmat-ehtiromini ifoda etdi.
Nodira Qurbonboyeva,
38-IDUM 7-B sinf rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶