“ŞIRINBULOQ” FERMER XÖJALIGIDA NAVRÖZ BAYRAMIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Navröz – qadimdan davom etib kelayotgan, el sevgan milliy bayramdir. Yurtimizga köklam kirib kelişi bilan uşbu bayramga tadorik boşlab yuboriladi. Tabiat uyğonişi, şarqona yangi yil, yangi kunning boşlanişi, bobodehqonning yerga baraka uruğini qadaşi kabilar bilan boğliq bölgan turli udumlarni özida ifoda etadigan Navrözi olam tantanalari orqali butun xalqqa bayramona ruh, zavq ulaşiladi. Amudaryo tumanida ham bayram munosabati bilan xalq sayillari, turli tomoşalar va tadbirlar ötkazilib, yurtdoşlarimizga kötarinki kayfiyat baxş etiladi.
Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulidagi “Şirinbuloq” fermer xöjaligida ham Navröz bayrami munosabati bilan katta tadbir ötkazildi. Ovuldagi “Quronboy ota” töyxonasida fermer xöjalik raisi Nodirbek Ollaberganov tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda xöjalikda mehnat qilib kelayotgan 64 nafar işçi va pudratçilar iştirok etişdi.
Oçiq dasturxon atrofida soz-u suhbat bilan davom etgan bayram keçasida iştirok etgan xöjalik raisi butun jamoani, ularning oila aʼzolarini Navrözi olam bilan muborakbod etdi. Şu bilan birga bugungi kunda yurtimizda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, dehqon va tomorqaçilarga yaratilayotgan imkoniyatlar töğrisida söz yuritib, xöjalikda hamjihatlikda erişilayotgan yutuqlarni eʼtirof etdi. Joriy dehqonçilik yilida amalga oşiriladigan işlar, közlanayotgan marralar, hamjihatlikdagi mehnatlar samarasi, xöjalik işçilariga körsatilayotgan eʼtibor va rağbatlar haqida ham gapirib ötdi.
Taʼkidlaş joizki, Xizr eli mahallasi hududidagi uşbu ğallaçilik, boğdorçilik, baliqçilik, parrandaçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan köp tarmoqli “Şirin buloq” fermer xöjaligi 2003-yilda taşkil topgan. Unga ayni paytda Nodirbek Ollaberganov rahbarlik qiladi. Xöjalik tasarrufida 100 gektardan ziyod ekin maydoni, 4,5 gektarga yaqin olmazor va uzumzor boğ mavjud.
Undan taşqari, baliqçilik taşkil etilgan bölib, 10 gektarlik kölda bir neça turdagi baliqlar yetiştiriladi. Xöjalikda parrandaçilik va çorvaçilik ham rivojlantirilgan. Ğalla va paxtadan esa har yilgi mavsumda xöjalikda mavjud bölgan texnikalardan unumli foydalangan holda möl-köl hosil olinib, mavsumiy reja ortiği bilan uddalanib kelinmoqda. Mazkur dehqonçilik yilida ham 19 gektar yerda buğdoy undirilib, işçilar tomonidan parvariş qilinmoqda. Erta bahorda 90 gektar yerda paxta yetiştirib, möl hosil töplaş möljallanmoqda.
Navröz bayrami munosabati bilan “Quronboy ota” töyxonasida taşkil etilgan tadbir davomida tökin dasturxonga taklif etilgan xöjalik işçilari milliy taom oş bilan siylandi. Ularning barçasiga bayram sovğalari ulaşildi.
Tadbirga tumanimizdagi taniqli xonanda Bahodir Rajabov ijrosidagi milliy, mumtoz kuy va qöşiqlar, dilrabo raqslar yanada tarovat bağişladi. Dasturxon atrofida bugungi kunda yurtimizda hukmron bölgan tinçlik barqaror bölişiga, şunday kunlar tilaklar bildirilib, şukronalar aytildi.
Yuqori kötarinkilik bilan ötgan bayram tadbiri barça iştirokçilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶