21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:40
Jamiyat 👁 3,150

Özbekistonda internet-jurnalistika rivojlanmoqda

Özbekistonda internet-jurnalistika rivojlanmoqda
Poytaxtimizda "Milliy internet-jurnalistikani rivojlantirişning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari boşlandi.
Tadbir Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Unda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar axborot xizmatlarining masʼul xodimlari, media soha ekspertlari, markaziy, hududiy bosma va internet ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti öqituvçi va talabalari, blogerlar iştirok etdi.
Tadbirda Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori A.Abdullayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi raisi A.Jöraboyev, Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi raisining örinbosari A.Fayzullayev, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari O.Toşboyev va boşqalar sözga çiqdi. Ular uşbu tadbir mamlakatimizda internet-jurnalistikaning bugungi ahvoli va uni rivojlantiriş tendentsiyalari haqida fikr almaşiş, veb-naşrlarda maqolalar sifatini yaxşilaş masalasini körib çiqiş, internet ommaviy axborot vositalarini rivojlantirişning qonunçilik asoslarini takomillaştirişga doir takliflar işlab çiqiş, şuningdek, jurnalistlar bilimi va mahoratini oşiriş uçun öziga xos maydon ekanini taʼkidladi.
Seminarda axborot sohasini isloh qiliş borasidagi milliy qonunçilikni takomillaştiriş va davlat siyosatining ustuvor yönalişlari, media sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş bosqiçlari, internet ommaviy axborot vositalari uçun kadrlar salohiyatini oşirişning dolzarb masalalari, şuningdek, Özbekistonda onlayn-jurnalistikani rivojlantirişning amaliy jihatlariga bağişlangan maʼruzalar tinglandi.
Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda barça sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotgani taʼkidlandi. Bu aholining öz salohiyatini töliq röyobga çiqariş imkoniyatini kengaytiradi, barqaror iqtisodiy yuksalişga erişiş, xalqimiz farovonligini oşiriş, yurtimizda tinçlik-barqarorlikni mustahkamlaşga yordam beradi.
Bu borada önlab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, Özbekiston Respublikasining "Axborotlaştiriş töğrisida”gi qonuni, Prezidentimizning 2012-yil 21-martda qabul qilingan "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etiş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi "Interaktiv davlat xizmatlari körsatişni hisobga olgan holda internet tarmoğida Özbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari, 2013-2020 yillarda Özbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantiriş kompleks dasturi va boşqa hujjatlar qabul qilinib, amalga oşirilmoqda.
1995-yil 29-aprelda ".uz” domeni röyxatga olinganidan buyon unda joylaştirilayotgan veb-saytlar soni yil sayin köpayib borayotgani buning amaliy natijalaridan biridir. Masalan, 2010-yilning fevral oyida mamlakatimiz internet makonida 10 mingta veb-sayt röyxatga olingan bölsa, joriy yil sentyabrda ularning soni 18,3 mingdan oşdi. Internet ommaviy axborot vositalari ham jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda ommaviy axborot vositalarining 270 dan ziyod tarmoği foydalanuvçilarga axborot-tahlil xizmatlari körsatmoqda. WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimi maʼlumotlariga köra, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining veb-saytlariga har oyda 820 mingdan ortiq foydalanuvçi kirmoqda, bir oyda veb-saytlar örtaça 11 million martadan ziyod közdan keçirilgani qayd etilgan.
– Zamonaviy media-maydon sifatida internet ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantirişda Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab- quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi muhim örin tutadi, – deydi fondning boş mutaxassisi Madina Rözmatova. – Misol uçun, 65 axborot-tahlil, ijtimoiy-siyosiy, yangiliklar tarqatadigan bosma ommaviy axborot vositasiga öz veb-saytini yaratişga yordam berildi. Ularning 59 tasi gazeta, beştasi jurnal va bittasi mustaqil internet-naşr saytidir. Fond tomonidan "Internet tarmoği bazasida yetakçi yirik media-tuzilmalar, hududiy tuman va şahar tahririyatlari örtasida öz vaqtida va sifatli axborot almaşiş tizimini yaratiş” loyihasining amalga oşirilgani tahririyatlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş borasidagi muhim voqea böldi.
Seminar iştirokçilari elektron naşrlarning öziga xosligi va ustuvorligi internetning keng imkoniyatlari orqali aniqlanişini qayd etdi. Birinçi navbatda, bu tezkor axborot yetkazişdir. Masalan, bir neça daqiqa avval röy bergan voqeadan tarmoqda köp millionli auditoriya xabardor böladi.
– Materialni sifatli qilib uzatiş internet ommaviy axborot vositasining muhim ustuvorliklaridan biridir, – deydi Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining katta öqituvçisi Nozima Murotova. – Bu nafaqat rangli tasvirlar, balki animatsiya va video-effektlar, ovoz jörligi va boşqa bezak vositalari bölib, ular birgalikda foydalanuvçilarning axborot olişga bölgan qiziqişini yanada oşiradi.
«Simple networking solutions» masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Farhod Fayzullayevning taʼkidlaşiça, ön millionlik Özbekiston internet makoni auditoriyasining katta qismi har kuni axborot veb-saytlari xizmatidan foydalanadi. Ularga zarur axborot-tahlil maʼlumotlarini qulay va sifatli şaklda taqdim etiş uçun yangiliklar tarqatuvçi «Daryo.uz» veb-sayti kiçkina matnlardan foydalanmoqda. Bu foydalanuvçilarga vaqtni tejaş, voqea va hodisalarning asosiy jihatlari bilan tanişiş imkonini berayotir. Mobil qurilmalar uçun maxsus «Daryo.uz» ilovasining işlab çiqilişi va joriy etilişi foydalanuvçilarga katta qulayliklar yaratdi.
Ekspertlarning fikriça, bir paytning özida huquqiy, texnik va media yönalişlarda kompleks çora-tadbirlarning qabul qilinişi samarasida internet-jurnalistika samarali rivojlanadi. Şu munosabat bilan internet ommaviy axborot vositalari faoliyatiga nisbatan yondaşuvlarni qayta körib çiqiş, ularning huquqlarini tartibga soladigan qonunçilik bazasini mamlakatimizdagi yetakçi oliy öquv yurtlarining jurnalistika fakultetlarida alohida öqitiş yönalişini taşkil etiş orqali kadrlar tayyorlaşni takomillaştiriş zarur.
Internet ommaviy axborot vositalari rivojlangani sayin ulardan foydalanuvçilarning roli ham özgarib bormoqda. Ular asta-sekin axborot oluvçi maqomidan hammuallif va tarqatuvçi maqomiga ötmoqda. Seminar doirasida Öznet va milliy hamjamiyatlarning ijtimoiy tarmoqdagi ilğor bloglarining taqdimoti ham ötkaziladi. Uşbu taqdimotlarda fuqaro jurnalistikasi va blog sohasini rivojlantiriş tendentsiyalari, ijtimoiy tarmoqlarning media-makon voqeliklariga taʼsiri tahlil etiladi. Şuningdek, iştirokçilar internet-jurnalistikaning milliy böğinini rivojlantiriş böyiça taklif va tavsiyalar bildiradi.
ÖzA, Sardor Tojiyev, Bobur Obidov
🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026