“Yaşil makon” loyihasi doirasida sektorlar rahbarlari daraxt köçatlarini ötqazdi
Inson uçun yaşab turgan maskanini yaşillikka burkaşdan uluğ iş yöq. Xalqimizda köçat ekkan, boğ yaratgan insonlarni qadrlaşgani, hurmatini joyiga qöyişgani ham bunga aniq misol böla oladi. Binobarin, ekilgan har bir köçat zamirida bozorlarimiz tökinçiligi, quriliş materiallari sanoati, yerni erroziyadan saqlaş, özimiz nafas olayotgan kislorodni işlab çiqariş va yurtga çiroy hamda fusunkorlik kasb etişi bilan muhim ahamiyatga ega.
Uşbu maqsad va vazifalardan kelib çiqqan holda, Muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari bilan 25-martdan 5-maygaça köçat ekiş böyiça “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.
Respublikamizning barça hududlari singari “Yaşil makon” loyihasi doirasidagi tadbirlar Amudaryo tumanida ham uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda. Mazkur loyiha doirasida daraxtlarni ekiş, parvarişlaş va kökalamzorlaştiriş işlari hamda mahallalardagi köp-qavatli uylar atrofi, markaziy köçalarda, qişloqlarda obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
30-mart kuni Amudaryo tumani prokurori Aziz Rözmetov, Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov, Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitov, Xalq taʼlimi bölimi boşliği Akmal Ismailov, Majburiy ijro byurosi tuman bölimi va boşqa qator taşkilotlar mutasaddilari tuman obodonlaştiriş bölimi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi xodimlari iştirokida Farovon mahallasi hududida joylaşgan 87-sonli maktab oldida taşkil qilinayotgan yaşil hududga mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekdilar.
Aytiş kerakki, sektor rahbarlari tomonidan uşbu hayrli işga hissa qöşilişi yoş avlodga har tomonlama örnak va namuna böldi.
“Yaşil makon” loyihasining tadbiq etilişi faqatgina atrof-muhitni kökalamzorlaştiriş uçun emas balki, xalqimizning azaliy qadriyatlarini yoşlar qalbiga çuqur singdirişi bilan ham ahamiyatlidir.
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas. Uning doirasida kelgusi beş yilda 1 milliard tup daraxt köçatini ekilişi maqsad qilingan. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada körinişi hamda har bir yurtdoşimiz bu savobli işga özining munosib hissapsini qöşişi kerak.
Qolaversa, atrof-muhitni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş faqatgina Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi xodimlarining vazifasi emas. Şunday ekan, keling har birimiz özimiz yaşab turgan hovli, köça va mahalladagi yöl böylariga, özimiz mehnat qilayotgan korxona yoki taşkilot hududiga köçat ekib, yon-atrofimizni yaşil makonga aylantirişga hissa qöşaylik. Köçat ekiş böyiça “Dolzarb 40 kunlik” davrida faollik körsatib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda uyuşqoqlik bilan iştirok etaylik. Zero, bizdan kelgusi avlodga faqatgina obod göşalar meros bölib qolsin!
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶