TURKMAN GILAMLARINI XARID QILING VA ÖZ XONADONINGIZGA KÖRK BAĞIŞLANG!
Qayerda deysizmi, Turkmanistonga bormasdan tumanimizning özidayoq sizga şunday imkoniyat yaratamiz. Siz xohlagan ölçamdagi asl, nafis turkman gilam va paloslarini sotib olişingiz yoki ularga buyurtma berişingiz mumkin.
Tumandagi Amir Temur nomli ovul hududidagi Mehnatkaş aholi punktida asosan turkman millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Hudud aholisi asosan dehqonçilik bilan şuğullanadi.
Aytiş joizki, qariyb yigirma yildan buyon uşbu hududdagi aholi şuğullanadigan qadimiy va milliy hunarmandçilik turlaridan biri bölgan turkman gilamdözligi töxtab qolgan edi. Uşbu faoliyat bugunga kelib, tuman prokuraturasi taşabbusi va boşqa masʼullarning jonbozligi tufayli qayta yölga qöyildi.
Mehnatkaş aholi punktida yaşovçi işsiz aholining bandligi taʼminlanişiga kömaklaşiş maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan 5 ta xonadonga töqiş stanogini örnatib berilib, gilam töqiş uçun zarur bölgan mahsulotlar va boşqa töqiş uskunalari bilan taʼminlandi. Ötgan yilning bahor oylarida faoliyat boşlagan gilamdözlik tsexlarida ayni paytda biri-biridan çiroyli gilam va paloslar töqilib, xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Qadimdan maʼlumki, qardoşlarimizning anʼanaviy gilamdözligi qöl mehnatiga asoslanadi. Gilamlarda rang-barang naqşlar, manzaralar, uşbu xalq milliy qadriyatlari, anʼanalari, mahalliy hayvonot va nabotot olami tasvirlanadi. Uşbu kasb asrlardan asrlarga, avlodlardan avlodlarga ötib kelayotgani uçun ham juda qadrlanadi. Şu sababli turkman gilamdözligi insoniyat nomoddiy madaniy boyligining Reprezentativ röyxatiga kiritilgan.
Aziz yurtdoşlar, biz bilan bir hududda yaşab kelayotgan qardoşlarimiz qöl mehnati bilan yaratilgan, biri-biridan çiroyli, qadimiy va zamonaviy andozalardagi naqşlar uyğunlaşgan, fusunkor va bejirim turkmaniy gilamlar, paloslarni siz ham xarid qilişingiz mumkin.
Agarda xonadoningizni asl gilamlar bilan bezab, körkiga körk qöşmoqçi bölsangiz, tumanimizdagi Amir Temur nomli ovul hududidagi Ayna Bayrammurodova xonadonida tuman prokuraturasi taşabbusi bilan taşkil qilingan tsexga taşrif buyurib, öz közingiz bilan köring va xarid qiling.
Qöşimça maʼlumotlar uçun: 94 451 87 06 telefon raqamiga qönğiroq qilişingiz mumkin.
Ozoda Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶