24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:42
Jamiyat 👁 265

HUDUDLARDA JINOYaTChILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIShGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

HUDUDLARDA JINOYaTChILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIShGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Mahalla – osuda xonadonim, oltin ostonam, deb bejiz aytishmagan. Chunki mahalla hududidagi barqaror turmush tarzi, oilalarning mustahkamligi, mahalla ahlining oʻzaro mehr-oqibati, intizomi nafaqat koʻngillarga, balki har bir xonadonga fayz-tarovat, osudalik bagʻishlaydi. Shu bois, mamlakatimizda har bitta xonadonning, har bir fuqaroning tinchligini, mahallalar osoyishtaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Deyarli har bir ovul va mahallada faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektorlari xalq osoyishtaligini saqlash borasida kecha-yu kunduz aniq va puxta reja asosida ish yuritadilar.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 30-mart sanasidagi farmoyishi ham ovul va mahallalarda, jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani hududida, yaʼni jamoat joylarida, serqatnov koʻchalar hamda taʼlim-tarbiya muassasalari joylashgan hududlarda mayda bezorilik, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga bagʻishlangan nazorat tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat tadbiri Amudaryo tuman prokurori Aziz Roʻzmetov hamda Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovlar rahbarligida tashkil etilib, tadbirga tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, qoʻriqlash boʻlimi hamda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchilari jalb etildi.

Avvalo, tadbir ishtirokchilari Amudaryo tuman prokurori va Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi hamkorligida ishlab chiqilgan nazorat tadbirini oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishtirilib, ularga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. Shundan soʻng, nazorat tadbiri ishtirokchilari Amudaryo tumanining toʻrtta  hududi boʻylab, oʻzlariga birkitilgan yoʻnalishlar boʻyicha  jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kuzatuv-nazorat ishlarini boshlab yubordilar.

Olib borilgan kuzatuv-nazorat tadbirlari jarayonida koʻchalarda bemaqsad, spirtli ichimlik ichib, oʻziga va atrofidagilarga noqulaylik tugʻdirib yurgan 4 nafar fuqarolar qonuniy tartibda Ichki ishlar boʻlimiga olib kelinib, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Bemahalda, spirtli ichimlik ichib yurish oʻzlari va oila aʼzolari uchun, hatto begonalar uchun ham jiddiy muammolar keltirish, xususida tushunchalar berildi.

Shuningdek, kuzatuv-nazorat tadbirlari jarayonida spirtli ichimlik taʼsirida mast boʻlib, avtotransport vositasini boshqarib borayotgan yana bir fuqaro toʻxtatilib, sodir boʻlish ehtimoli yuqori  boʻlgan yoʻl avtotransport hodisasining oldi olindi va mast holatda mashina boshqargan shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, uning tasarrufidagi avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga qoʻyildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Amudaryo tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda tegishli davlat organlari va masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda har bir ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida doimiy ravishda profilaktik targʻibot tadbirlari tashkil etilib, mazkur tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar, keksa yoshdagi otaxon va onaxonlar, yosh ota-onalarning faol ishtiroki taʼminlanmoqda. Chunki jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni muhokama etishdan koʻra, bu kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy shakldagi tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026