Kelajagimiz öz qölimizda
Har bir inson bolaligidan turli kasb-hunarlarni egallaşni orzu qiladi. Şu kasbga erişiş uçun zahmatli yöllarni bosib ötadi. Men ham bolaligimdan turli-tuman kasblarni orzu qildim. Boşlanğiç sinfda öqiyotgan kezlarimda mohir tikuvçi bölaman, derdim. Ammo keyinçalik oradan yillar ötib öqituvçilik kasbiga qiziqib qoldim. Balki, öz onam öqituvçi bölganligi uçundir?
Öqituvçilik – bu eng şarafli va savobli kasb hisoblanadi. Bu yoruğ olamda onadek, otadek ğamxör, har birimiz uçun aziz va möʼtabar bölgan uluğ zot – muallim va murabbiylardir.
Qadimdan kişilar öz zurriyodlarini ustoz qöliga topşirar ekanlar, "Eti sizniki, suyagi bizniki” deb ustozga nisbatan işonç bildirişgan. Öqituvçilik mehnati ham azaldan xalqimiz tomonidan qadrlangan. Zero, bolaning murğak qalbiga ezgulik uruğini qadagan, ilmga taşnalik, ota-ona, Vatanga mehr hissini uyğotadigan hokisor inson – oddiy öqituvçidir. Eng sodda narsalardan tortib, eng buyuk kaşfiyotlar sababçisi ham avvalo oddiy muallim, maktab öqituvçisidir. Men ham kelajak-da şarafli va maşaqqatli kasb hisoblanmiş öqituvçilik kasbini tanlab, xalqimga foydam tegadigan inson bölişni orzu qilaman. Menga 31-umumtaʼlim maktabida taʼlim-tarbiya bergan barça ustozlarimni yaqinlaşib kelayotgan Öqituvçilar va murabbiylar kuni bilan tabriklayman. Işlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Sevara IBROHIMOVA,
Amudaryo akademik litseyi 1-bosqiç öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶