1-sonli maktabda huquqşunoslar iştirokida “Konstitutsiya – farovon hayotimiz qomusi” mavzusida tarğibot tadbiri ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bilan tuman adliya bölimlarining asosiy vazifalaridan biri qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijroçilarga yetkaziş qilib belgilandi. Qolaversa, “respublika - viloyat - tuman - mahalla» tamoyili böyiça huquqiy tarğibot olib boriş va aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlarini tuşuntiriş borasida çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça ham vazifalar belgilab berildi.
Uşbu Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman Adliya bölimi tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga yetkaziş, ularning Konstitutsiyaviy bilimlarini oşiriş böyiça rejaviy tarğibot tadbirlari amalga oşirilib kelinmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumani Adliya bölimi boş maslahatçisi Jamşid Bekimbetov, yetakçi maslahatçisi Baxrom Sobirovlar 1-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçi-yoşlar bilan uçraşib, huquqbuzarliklar profilaktikasi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida qilinayotgan işlar, yoşlarning huquqiy ongini oşiriş, yangidan qabul qilinayotgan qonunlar yuzasidan huquqiy suhbat ötkazdilar.
Tadbir davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi, “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksi yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, Amudaryo tumani Adliya bölimi boş maslahatçisi Jamşid Bekimbetov, öquvçi-yoşlarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz hayotida tutgan beqiyos katta örni, ayniqsa, yoşlarning bilim olişlari, öz soğliklarini mustahkamlaşda malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş böyiça Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, şuningdek, farzandning ota-ona oldidagi, ota-onaning öz farzandlari oldidagi burç va majburiyatlari, gender tenglik, tabiat boyliklariga bölgan munosabatlari, bu boyliklardan oqilona foydalaniş böyiça belgilangan kafolatlar xususida batafsil maʼlumot va tuşunçalar berdi.
Öz navbatida tadbir iştirokçilari masʼullarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Öquvçi-yoşlar tomonidan tuşgan savollarga huquqşunoslar batafsil va hayotiy misollar asosida javoblar berişdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan mazkur tarğibot tadbiri öquvçi-yoşlarning huquqiy va konstitutsiyaviy bilimlarini yanada mustahkamlab, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş imkonini berdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶