SUDLAR XALQNING ENG IŞONÇLI HIMOYaÇISIDIR
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan fuqarolarning Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyalarida mustahkamlab qöyilgan huquq va manfaatlari qonuniy yöl bilan himoya qilib kelinmoqda.Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi keng nişonlangan şu kunlarda joylarda ötkazilayotgan sayyor qabul va uçraşuvlarda fuqarolarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati keng tuşuntirilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudlari tomonidan 2022-yil davomida odil sudlovni amalga oşiriş sifatini yanada yaxşilaş, fuqarolar va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud yöli bilan himoya qilinişini tölaqonli taʼminlaş böyiça alohida Harakatlar dasturi tasdiqlangan bölib, unga köra, tumandagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoş tergovçilari iştirokida har oyda ikki marta sud raisi va xodimlari tomonidan sudlarda amaliyot ötaş taşkillaştirildi.
Haftaning har payşanbasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari doirasida aholining huquqiy madaniyatini, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, jamiyatda tutgan örnini oşirişga qaratilgan muloqotlar taşkil etiş, sodir etilgan oğir va öta oğir turdagi jinoyatlarning kelgusida sodir etilişining oldini oliş masalalari muhokama qilinib, bu muloqot va muhokama tadbirlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilmoqda.
Bundan taşqari, olis qişloq va mahallalarda yaşovçi fuqarolar bilan sayyor qabullar ötkazişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilning 1-çoragida Dörman, Xolimbeg, Qiliçboy, Böz yop, Xitoy, Kuyuk köpir ovullari va Tor yop, Çordara mahallalarida ötkazilgan sayyor qabullarda, şuningdek, mart oyida Oq oltin, Örta qalʼa, Bobur nomli ovullar hamda Jumurtov şaharçasida taşkil etilgan sayyor qabullarda aholi muammolari joyiga çiqib örganildi. Fuqarolarning oğzaki murojaatlari yuzasidan 46 ta ariza va şikoyat qabul qilinib, şundan 27 ta fuqaro bilan sayyor qabul jarayonida oşkora va samimiy muloqot ötkazildi.
2022-yilning ötgan 3 oyi davomida oylarda “Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş” mavzusida davra suhbatlari ötkazilib, uşbu illatning davlat va jamiyatga zarari tuşuntirib kelinmoqda.
Joylardagi kriminogen vaziyat tahlilidan kelib çiqqan holda tuman sudi tomonidan huquqiy mavzularda korxona, muassasa, taşkilotlar hamda aholi örtasida ham uçraşuvlar, davra suhbatlari ötkazilib, 18-marta huquqiy mavzulardagi maʼruzalar öqildi. Ommaviy axborot vositalarida 34 ta, veb-saytlarda 22-marta çiqişlar qilindi.
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan 2022-yilning ötgan 3 oyi davomida 20 iş böyiça 28 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi böyiça ayblov hukmi çiqarilib, 12 iş böyiça 13 şaxsga jinoyat işi taraflar yaraşganligi sababli harakatdan tugatilgan, 1 iş böyiça 1 şaxsga nisbatan oqlov huqmi çiqarilgan. 28 nafar şaxs sudlanib, şundan 2 nafar şaxsga jarima, 11 şaxsga axloq tuzatiş işlari, 6 şaxsga ozodlikdan mahrum qiliş, 5 şaxsga ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo, 1 şaxsga oqlov hukmi va 3 şaxsga nisbatan ayblov hukmi çiqarilgan.
Uşbu davrda 8 nafar şaxsga Jinoyat Kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qiliş jazosi, 3 nafar şaxsga yengilroq jazo tayinlandi.
Şunisi eʼtiborliki, 2022-yil 3 oyi davomida jami körib tamomlangan 33 ta jinoyat işidan 11 tasi sayyor sud majlisida körildi.
Sudyalarning vazifasi faqat jinoyat sodir etgan şaxsni jazolaş emas, balki uni qayta tarbiyalaş, jinoyatlarning kelib çiqiş sabablarini örganiş va uni bartaraf etişdan iborat. Zero, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytadigan bölsak, “Sud binosiga kelgan har bir fuqaro, Özbekistonda adolat borligiga işonib çiqib ketişi kerak”. Demak, sudlar şaxsni jazolovçi emas, balki hamişa xalqqa xayrixoh, uning eng yaqin maslahatgöyi va işonçli himoyaçisi bölişi uçun sobitqadamlik bilan faoliyat yuritiş har bir sudyaning zimmasidagi masʼuliyatdir.
J.Urazbayev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶