24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:24
Jamiyat 👁 435

“YoShLAR – NURONIYLAR NIGOHIDA” NOMLI TADBIR OʻTKAZILDI

“YoShLAR – NURONIYLAR NIGOHIDA” NOMLI TADBIR OʻTKAZILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Prezidentimiz tomonidan shu yil 15-martda imzolangan Qarorga muvofiq mamlakatimizda keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizim yaratildi va shu asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qarorda mahallalarda keksalarning ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirishga oid normalar oʻz aksini topgan.

Yoshi ulugʻ insonlarni eʼzozlash, qadrlash, hurmatini joyiga qoʻyish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir. Chunki keksalar bugungiday dorilomon kunlarimizning bunyodkorlaridir.

Shu yilning 12-aprelida Mangʻit shahridagi Xotira maydonida boʻlib oʻtgan “Yoshlar – nuroniylar nigohida” deb nomlangan uch avlod uchrashuvida ham keksa avlod vakillariga boʻlgan ehtirom yaqqol ifodasini topdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari Tursunboy Abdujabborov, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi boʻlim boshligʻi Maʼmurjon Shukurov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Qadamboy Matniyozov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari va hokimlik masʼullari, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari, tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, nuroniy keksalar va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir mehmonlari karnay-surnay sadolari ostida samimiy kutib olindi. Mehmonlar dastlab tumanimiz ovul va mahallalaridagi hunarmandlarning mehnat mahsuli boʻlmish turli mahsulotlar koʻrgazmasi, amudaryolik ijodkorlar asarlari bilan tanishdilar. Soʻngra otaxon sanʼatkor, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gulmirza Nurmatov va tumanimiz yosh sanʼatkorlari joʻrovozligida mashhur  “Yashna, yashna Amudaryom!” qoʻshigʻi yangradi.

“Yoshlar – nuroniylar nigohida” deb nomlangan tantanali uch avlod uchrashuvini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va barcha ishtirokchilarni qutlugʻ ramazon oyi  bilan qizgʻin qutladi. U oʻz soʻzida avlodlar uchrashuviga bagʻishlangan ushbu tadbirning mazkur maydonda oʻtkazilayotgani ham oʻziga xos ramziy maʼnoga egaligi, tuman hokimligining tashabbusi bilan qurilgan ushbu maydon va unga tutash boʻlgan muzey xalqimizning yaqin oʻtmishini oʻzida aks ettirgani bilan barchamiz uchun qadrli ekanligini taʼkidladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari Tursunboy Abdujabborov, tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allamberganov, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik Kengashi raisi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova ham bugungi kunda mamlakatimizda keksa avlod vakillariga qaratilayotgan eʼtibor haqida, nuroniylarning yoshlarimizni Vatanga fidoyi, bilimdon va oqil qilib tarbiyalashda namuna boʻlayotganligi haqida toʻlqinlanib gapirdilar.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda nuroniylarni eʼzozlash, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar xususida gapirdilar. Keksa avlod vakillari mahallalarda tibbiy xizmatlar, oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berishning ahvoli va boshqada sohalarda jamoatchilik nazoratini oʻrnatib, tarbiyasi ogʻir va muammoli yoshlarni jamiyat uchun foydali shaxslarga aylantirish borasida “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida faol ish olib borayotgani alohida qayd etildi.

Oʻz navbatida milliy oʻzligimizni anglash, tariximizni chuqur oʻrganish, mustaqilligimiz yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimizni xotirlash barchamizning muqaddas burchimiz, ularning oʻtmish xotiralari, bosib oʻtgan hayot yoʻli yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat maktabi ekani eʼtirof etildi.

Shundan soʻng masʼullar turli sohalarda ishlab, tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan bir guruh mehnat faxriylariga sovgʻalar topshirdilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan 1 nafar nuroniyga nogironlar aravachasi, 3 nafar nuroniyga eshitish moslamasi, 10 nafariga qoʻltiqtayoqlar topshirildi. Tuman hokimligi nomidan esa 40 nafar nuroniylarga esdalik sovgʻalari berildi.

Tadbirning badiiy qismini tumanimiz yosh sanʼatsevarlari joʻshqin qoʻshiqlar bilan boshlab berishdi. Badiiy gimnastika bilan shugʻullanayotgan bir guruh qizlar ishtirokidagi quvnoq raqsdan soʻng sahnaga Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug orkestri xonandalari chiqishib, tinchlik, baxtiyor davronimiz, shu ulugʻ va muqaddas Vatanimiz madh etilgan joʻshqin qoʻshiqlar kuyladilar.

Tumanimiz sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar ham barchaga manzur boʻldi.

Shuningdek, tadbir davomida mehmonlar Gulzor mahallasida “Bir nuroniy – oʻn nafar yoshga masʼul” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qayd etish kerakki, Amudaryo tumanida jami keksalar soni 19 ming 895 nafarni tashkil qiladi. Shundan 12 ming 872 nafari ayollardir. “Bir nuroniy – oʻn nafar yoshga masʼul” tamoyili asosida 49 ta mahallada yashovchi 70 nafar nuroniylar 490 nafar yoshlarga masʼul qilib biriktirilgan.

Oʻz navbatida oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolgʻiz keksalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 50 nafar keksa avlod vakillari holidan doimiy xabar olib kelinmoqda. Oʻtgan davr mobaynida 31 marotaba madaniy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilib, tadbirlarga 1 ming 36 nafar yurtdoshlarimiz qamrab olindi. Yil boshidan bayon 7 ta fuqarolar yigʻinlarida “Uch avlod uchrashuvlari" tashkil etilib, tadbirlarda 50 nafar nuroniylar hamda 325 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Shu kuni mehmonlar 82-sonli maktabda tashkil qilingan “Nuroniylar tarbiyaviy soati”da ham ishtirok etdilar. Aytish joizki, har haftaning juma kuni tumanimiz boʻylab “Nuroniylar tarbiyaviy soati” davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda. Davra suhbatlarini jonli muloqot tarzida tashkil qilish uchun 85 ta umumtaʼlim maktablariga 3 nafardan jami 255 nafar faol nuroniylar biriktirilgan. 82-sonli maktabda ham 2 nafar nafaqadagi ofitserlar, 1 nafar afgʻon urushi qatnashchisi har juma kuni yoshlar bilan suhbatlar uyushtirib kelmoqda.

“Nuroniylar tarbiyaviy soati”da bugungi tinch va osoyishta zamonamizning, erkin va farovon hayotimizning qadriga yetib, ona Vatanimizning tinchligini koʻz qorachigʻiday asrash har bir fuqaroning burchi ekani yoshlarga hayotiy misollar orqali tushuntirib kelinmoqda.

Har qanday mamlakat taraqqiyoti fuqarolarining aql-zakosi, yurti uchun qilgan fidoyi mehnatiga bogʻliq. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, nuroniylarimiz bugungi baxtiyor zamonaning bunyodkorlaridir. Ular har qancha hurmatga, eʼtiborga munosibdirlar. “Yoshlar – nuroniylar nigohida” deb nomlangan avlodlar uchrashuvi bu hayot haqiqatini yoshlarga yetkazishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Oygul RAJABOVA.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026