“OÇIQ BYuDJET” LOYIHASIDA 11 TA TAKLIF ĞOLIB BÖLDI
Maʼlumki, joriy yil 5-martdan 1-apreligaça “Oçiq byudjet” loyihasining 3- bosqiçi bölib ötdi. Tumanimiz fuqarolari unda faol iştirok etib, “Oçiq byudjet axborot portali” orqali öz yaşaş hududida mavjud bölgan takliflarga ovoz berişdi.
Loyiha doirasidagi tanlovda Amudaryo tumanidan 11 ta taklif ğolib böldi. Jumladan, Beştom mahalla fuqarolar yiğini, Qizil uy aholi punktiga gaz tortib beriş böyiça Meiramgali Jumabayev, Tölqin ovuli hududidagi 33-sonli maktabga bolalarning xavfsiz borib kelişi uçun piyodalar yölakçasi quriş böyiça Abay Sağinbayev, Tor yop mahallasi xududidan ötuvçi 4n124, 4r160 a/y(66) Xöja ovul – Qiliçboy içki yölining 4 km. qismini taʼmirlaş böyiça Nazokat Jumamuradova, Nazarxon ovuli Öntom aholi punktiga tabiiy gaz tarmoğini tortiş böyiça Şavkat Srlayev, Tor yop mahallasi hududi Dehqonbirlik köçasining 1 km. qismini tuproq bilan kötariş va toş yotkizib taʼmirlaş böyiça Ozodboy Gulmanov, Qumyop mahallasi hududida elektr taʼminotini yaxşilaş böyiça Adham Saʼdullayevlarning taşabbuslari ğoliblar safidan joy oldi. Şuningdek, 33-MTTni mukammal taʼmirlaş böyiça Javlonbek Zarifov, Bobur nomli ovuldagi Seytovul mahallasiga yangi transformator örnatiş böyiça Aʼzamjan Saburov, Tölqin ovuli hududidagi 28-sonli maktabning isitiş tizimini almaştiriş böyiça Alişer Saburov, Arnaböyi mahallasidagi 27-sonli maktabni mukammal taʼmirlaş böyiça Rustam Qöçqorov, Xizr eli mahallasi hududida joylaşgan 47-sonli MTT binosini kapital taʼmirlaş böyiça Anvar Tajiboyevlarning takliflari ham mahalliy byudjetdan moliyalaştiriladigan böldi.
Ayni kunlarda “Mening yölim” loyihasi doirasida 4-apreldan 14-aprelgaça takliflar qabul qilinadi. Fuqarolarni uşbu loyihada ham öz takliflari bilan faol qatnaşişga çaqirib qolamiz!
Tuman hokimligi Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶