BÖLFUSI ARXITEKTOR
Mamlakatimizda yoşlarga berilayotgan eʼtiborni körib, biz yoşlarning ijodga, ilm olişga bölgan iştiyoqimiz tobora ortmoqda. Ayniqsa, mana şunday iqtidorli yoşlarni izlab topiş hamda ularning maʼlum sohaga bölgan qiziqişini oşiriş, isteʼdodini kamol toptiriş maqsadida köplab körik-tanlovlar ötkazib kelinmoqda. Mana şunday körik-tanlovlardan biri – "Kamolot” YoIH tomonidan ötkazilayotgan "Yurt kelajagi iqtidorli yoşlar qölida” körik-tanlovidir. Bu tanlovda 14 yoşdan 25 yoşgaça bölgan öğil-qizlar özlari qiziqqan yönaliş va nominatsiyalar böyiça isteʼdodlarini namoyiş qiladilar.
Xuddi mana şu tanlovning tuman bosqiçida faxrli örinlarni egallagan 18 nafar amudaryolik yoşlar respublika bosqiçiga yöl oldilar. Tanlovning respublika bosqiçida qatnaşgan iştirokçilarning bir qançasi "Eng faol qatnaşgan iştirokçi” deb topilib, diplombilan taqdirlandilar. 3 nafar iştirokçi esa tanlovning Özbekiston respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar. Mana şunday baxtga muşarrafbölgan iştirokçilarning biri hozirgi kunda Manğit Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 9-12 guruhida tahsilolayotgan Ixlos Yeşniyozovdir.
U şu tanlovning "Arxitektura va interer dizayni” yönalişida özining yasagan ikki qavatli uy maketi bilan iştirok etdi.
Uşbu maketga hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baho berildi va Ixlosni faxrli ikkinçi öringa loyiq, deb topişdi. Tanlov ğoliblari eʼlon qilinayotgan paytda "Amudaryo tumanidan” deya taʼrif berilib uning ism, familiyasi aytilganida közlaridan yoş çiqib ketdi. Albatta bu quvonç yoşlari edi. Ixlos maktabda öqib yurgan kezlaridayoq köplab tanlovlar ğolibi edi. Uning musiqaga, çizmaçilikka bölgan mehri bölakça. U skripkada kuy çalganida beixtiyor tölqinlanib ketardik. Ixlosning musiqaga bölgan ixlosini körib, nazarimda sinfdoşim maşhur skripkaçi böladi, deb öylardim, ammo uning arxitekturaga bölgan iştiyoqi bölakça. Kollejni tamomlab, arxitektura böyiça öz izlanişlarini davom ettirmoqçi.
Bir yozuvçi "Nönoq haykaltaroş tirik odamni şohsupaga çiqarib qöysa ham ölikka öxşaydi, haqiqiy haykaltaroşning ölik toşdan yasagan haykali ham tirikka öxşaydi. Talant degani şu!” deb yozgan edi. Haqiqatan ham Ixlosni haqiqiy isteʼdod egasi deyiş mumkin. Sababi uning çalgan musiqalarida, yasagan maketlarida özgaça maʼno bor.
Jamiyatimizda mana şunday tinib-tinçimas ijodkor yoşlar köp, ular vaqtni, hayotni qadrlaşadi. Agar tengdoşlarim vaqtini bölmağur narsalarga sarflab, yoşligini bekorçilikda ötkazayotgan bölişsa, ularga tilagim şunday: izlaning, aziz yoşlar! Inson kelajagini öz qöli bilan yaratadi. Şunday ekan, hunar egallaşga oşiqing, ilm olişga intiling!
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶