Yoz soz ötdi
Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçilarining yozgi taʼtilini mazmunli ötkaziş, ularni sportga kengroq jalb qiliş maqsadida har yili "Yoz - 2014” sport musobaqalari ötkazib kelinmoqda. Joriy yil "Yoz - 2014” sport musobaqalarining tuman bosqiçi basketbol, voleybol, futbol, qöl töpi, stol tennisi, yengil atletika, kuraş, belboğli kuraş, dzyu-do, şaxmat va şaşka turlari böyiça ötkazildi. Ularda 7372 nafar öquvçi yoşlar iştirok etişgan bölsa, ularning 3680 nafarini qiz bolalar taşkil qiladi.
Nukus şahrida "Yoz - 2014” sport musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi hudud bosqiçidasportning futbol turidan 38-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi iştirok qilib, faxrli ikkinçi örinni egalladilar. Şu kuni sportning stol tennisi turi böyiça iştirok qilgan 16-sonli maktab öquvçisi Faxriddin Rajabov hamda Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi Şavkat Matyoqubov, Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji öquvçisi Mohira Imomqulovalar faxrli birinçi örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritişdi. Xöjayli şahrida bölib ötgan "Yoz - 2014” sport musobaqalarining şaşka va şaxmat turlari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi hudud birinçiliklarida, şaşka böyiça faxrli birinçi örinni egallagan 40-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Sadoqat Rahimova, 56-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi Sarvinoz Boltaboyeva, şaxmat böyiça faxrli birinçi örinni egallagan 8-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi öquvçisi Kamola Qadamboyevalar Nukus şahrida ötkaziladigan "Yoz - 2014” sport musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçida muvaffaqiyatli qatnaşdilar.
Rustam Abdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶