24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 14:23
Jamiyat 👁 353

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASIGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI OʻQUV-AMALIY SEMINARI BOʻLIB OʻTDI

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASIGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI OʻQUV-AMALIY SEMINARI BOʻLIB OʻTDI

Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2022-yil 17-yanvardagi buyrugʻiga muvofiq tasdiqlangan maxsus-taktik oʻquv mashqi rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hududidagi “Gʻayratjon-Altinay” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli binoda “Obʼektda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmasi va obʼekt rahbariyatining harakatlari” mavzusida koʻrgazmali oʻquv-amaliy seminari oʻtkazildi.

Seminarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlashga qaratilgan vazifalarni oʻz vaqtida, kechiktirmasdan amalga oshirish, qutqaruv-qoʻriqlash harakatlarini bexato olib borish, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini tashkil etish, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha soha masʼullari batafsil maʼlumot va tushunchalar berishdan iboratdir.

Tadbirda obʼekt rahbariyati, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi xodimlari ikki qismdan iborat maxsus taktik oʻquv mashqlarida ishtirok etishdi. Seminarning nazariy qismini tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi kapitan Bekzod Tajibayev olib bordi hamda obʼekt fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari va funktsiyasi, tuzilma faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berdi.

Seminarning amaliy qismida “Obʼekt fuqaro muhofazasi” shaxsiy tarkibining holati hamda obʼekt hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar inobatga olinib, maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi. Ushbu tadbirga obektda tuzilgan “Fuqaro muhofazasi” tuzilmasidan 7 nafar xodim jalb qilindi.

Boʻlib oʻtgan koʻrgazmali oʻquv amaliy seminari orqali namoyish etilgan maxsus taktik-oʻquv mashqiga 22 nafar fuqaro va 3 ta maxsus texnika qatnashdi.

Koʻrgazmali oʻquv amaliy seminarining nazariy va amaliy qismlari orqali ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini taʼminlash, obʼekt fuqaro muhofazasi boʻyicha masʼulning asosiy vazifalari, bu vazifalarni amalga oshirish jaaryonida qanday moliyaviy manbalardan foydalanishlari, shuningdek, koʻrsatib berilgan koʻrgazmali maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari orqali fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruv ishlarini olib borish hamda mazkur jarayonda ishtirok etadigan texnika vositalaridan unumli foydalanish boʻyicha toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026