22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:03
Fan va taʼlim 👁 269

FUQARO MUHOFAZASI KUNI MUNOSABATI BILAN MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

FUQARO MUHOFAZASI KUNI MUNOSABATI BILAN MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining shu yil 31-martdagi “Amudaryo tumani hududida 1-apreldan 1-mayga qadar “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 5-sonli buyrugʻi talablariga asosan amaliy maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Qipchoq ovulidagi 11-sonli maktabda boʻlib oʻtgan oʻquv mashqida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi, kapitan Bekzod Tajiboyev, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimi Muborak Qalandarova, maktab direktori Ulugʻbek Mamutov, chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha rahbar Nurbek Annamuradov hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda masʼullar tomonidan dastlab oʻquv mashqini oʻtkazishdan maqsad – tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda maktab oʻquvchilarining toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini takomillashtirish, fuqaro muhofazasi boʻyicha tuzilgan guruhlarni kechiktirib boʻlmaydigan avariya va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirishdan iborat ekanligi tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi guruhlari oʻz majburiyatlarini aniq va toʻgʻri bajarishni amaliyotda sinashi va oʻrganib borishi muhim ahamiyatga egaligi, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari takomillashtirilib borilishi kerakligi aytib oʻtildi.

Oʻquv mashqining amaliy qismi ikki bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqichda “Maktabda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi guruhlari va maktab rahbariyatining harakatlari” mavzusidagi oʻquv mashqining nazariy qismida kun tartibidagi masala boʻyicha oʻquvchilarga keng tushunchalar berildi. Shundan soʻng, oʻquvchilar guruhlarga ajratib olindi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida maktabda kutilmagan avariyalar, favqulodda holat sodir boʻlganda jabrlanganlarga Fuqaro muhofazasi guruhlari, tuman Yongʻin-qutqaruv qismlar hamda Tez tibbiy yordam tomonidan qutqarish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralari amalda bajarilib, koʻrsatib berildi.

Oʻquv mashqiga maktab rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 26 nafar oʻquvchilar, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 6 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, Tez tibbiy yordamdan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika jalb qilindi. Shuningdek, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan 1 nafar xodim, oʻqituvchi va oʻquvchilaridan 72 nafari ishtirok etishdi.

Mashgʻulot yakunida 11-sonli maktabning rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari guruhlari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyor emas, deb baholandi. Tadbirga tashrif buyurgan masʼullar oʻquv-mashq mashgʻulotlari davomida ishtirokchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatilib berildi. Kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari kerakligi, favqulodda vaziyatlarga doim tayyor turish lozimligi, aks holda kutilmagan xavfli hodisalar ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi aytib oʻtildi.

Gʻ.Oʻralov, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026