21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 400

AMUDARYo TUMANIDA INTENSIV BOGʻLAR YaRATILIB, ERTAGI SABZAVOT EKISh NIHOYaSIGA YeTKAZILMOQDA

AMUDARYo TUMANIDA INTENSIV BOGʻLAR YaRATILIB, ERTAGI SABZAVOT EKISh NIHOYaSIGA YeTKAZILMOQDA

Bogʻdorchilik va issiqhona xoʻjaligini rivojlantirish maqsadida Amudaryo tumanida maxsus loyiha ofisi tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda tumanda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, bogʻ, ekinlar hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida Amudaryo tuman bogʻdorchilik va issiqxona agentligi tomonidan bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq mevali daraxt koʻchatlari olib kelindi. Bundan tashqari, intensiv sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida 50 ming donadan ortiq sabzavot va poliz koʻchatlarini olib kelish  rejalashtirilgan.

Shuningdek, Amudaryo tumani boʻyicha 915 gektar ochiq maydonlarga har xil turdagi sabzavot ekinlari ekish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda mazkur maydonlarda sabzavot urugʻlarini ekish ishlari qizgʻin olib borilmoqda.

Sifatli kartoshka yetishtirish va ichki bozorni mahalliy kartoshka mahsulotlari bilan toʻldirish maqsadida tumandagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi klasteri tomonidan 310 gektar maydonga serhosil navli kartoshka urugʻlarini joylashtirish uchun urugʻni oʻz vaqtida yetkazib berish taʼminlandi.

Joriy dehqonchilik yilida 130 gektar maydonda soya oʻsimligini yetishtirish koʻzda tutilgan. Shu maqsadda tumandagi qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan soya ekiladigan yer maydonlarida barcha agrotexnik tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, ayni kunlarda ekish jarayoni yakuniga yetkazilmoqda.

Tumanimizdagi bogʻdorchilik tarmogʻiga ega qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan intensiv bogʻlar barpo etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangidan intensiv bogʻlar bunyod etish ishlari tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevning shaxsiy ishtiroki va tashabbusi bilan amalga oshirilayotgani tufayli erta bahordanoq 200 gektar maydonlarga turli mevali daraxt koʻchatlari, 30 gektar maydonga uzum toklari sifatli qilib ekildi.

Ayni kunlarda tumanimiz qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ertagi sabzavot ekinlarini ekish ishlari ham sifatli yakuniga yetkazilmoqda. Xususan, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev rahbarligidagi 1-sektor hududidagi Choykoʻl, Toʻlqin, Qipchoq, Nazarxon ovullari hamda Bekboy Toʻqay xoʻjaliklari hududidagi fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi 56 gektar maydonga kartoshka, 80 gektar yerga sabzi, 35 gektar piyoz, 38 gektar maydonga soya oʻsimligi ekish rejalashtirilgan boʻlib, mazkur ekinlarni ekish ishlari sifatli yakunlandi. Ayni paytda sektor hududidagi sabzavot ekilgan maydonlarda bir tekis unib chiqqan nihollarni dastlabki parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.

Amudaryo tuman prokurori rahbarligidagi 2-sektor hududiga qarashli Mangʻit, Amir Temur nomli, Yoʻldosh Oʻrozboyev nomli, Qilichboy, Turkmaniston muqobil mashina-traktor parklari xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan ham ertagi sabzavot ekish rejasi 100 foiz bajarildi. Mazkur hududlardagi 88 ta fermer xoʻjaliklarida belgilangan rejaga koʻra, 101 gektar yerga kartoshka, 68 gektar sabzi, 46 gektar maydonga piyoz va 29 gektar yerga soya ekilib, bu boradagi reja ortigʻi bilan ado etildi.

3-sektor hududidagi Boʻz yop, Xitoy, Bobur nomli va Oq oltin ovullari hamda Oʻzbekiston mahallasida jami 119 gektar kartoshka, 109 gektar sabzi, 30 gektar piyoz va 46 gektar yerga soya ekinlari sifatli qilib ekildi.

4-sektor hududidagi Qangli va Toshyop ovullari hamda Namuna mahallasi hududlarida ham joriy yilda roʻy berayotgan suv tanqisligiga qaramasdan 16-aprel holatiga 33,5 gektar yerga kartoshka ekilib, bu boradagi reja 98,5 foiz, 21,5 gektar yerga sabzi urugʻi ekilib, reja 89,6 foizni tashkil etmoqda va mazkur ekinlarni ekish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Shuningdek, sektor hududidagi fermer xoʻjaliklarida 27 gektar yerga piyoz, 17 gektar yerga soya oʻsimligi ekilib, bu boradagi reja 100 foizga ado etildi.

Joriy yilning 16-aprel holatiga Amudaryo tumani boʻyicha jami 308 gektar yerga kartoshka, 279 gektar sabzi, 138 gektar piyoz va 130 gektar soya oʻsimligi ekilib, gektarlarda bir tekis unib chiqayotgan sabzavot nihollariga dastlabki agrotexnik ishlov berish ishlari boshlab yuborildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026