ATROF-MUHIT TOZALIGI XALQ SALOMATLIK KAFOLATDIR
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2916-sonli Qaroriga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi taşkil etilgan. Korxonaning Amudaryo tumani filialiga qattiq maişiy çiqindilarni töplaş uçun 9,9 gektar yer maydoni ajratilib, röyxatdan ötkazilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2020-yil 3-apreldagi 96-sonli Qaroriga köra, köp xonadonli yoki yakka tartibdagi uylarda istiqomat qiluvçi 1 nafar şaxs uçun bir hisob birligiga töğri keladigan qattiq maişiy çiqindilarni yiğiş meʼyori 750 gramm qilib belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş uçun tölovlarni tölaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar uçun jismoniy şaxslar tomonidan majburiy tölovlarni tölaş va hisobini yuritişning yagona elektron tizimi şakllantirilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Amudaryo tumani filiali tumandagi 48 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari bilan birgalikda jismoniy şaxslarga maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş uçun xizmatlar körsatiş böyiça ommaviy şartnomalar tuzgan holda hududlardagi aholiga xizmat körsatib kelmoqda. Ayni paytda Amudaryo tumanidagi 90 ming 460 nafar aholiga xizmat körsatilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Amudaryo tumani filiali aholiga xizmat körsatiş uçun möljallangan 18 ta maxsus texnikalar mavjud bölib, 14 ta axlat taşuvçi, 1 ta multilift, 1 ta assenizator, 1 ta buldozer aholiga, davlat idoralari hamda tadbirkorlik subʼektlariga xizmat körsatib kelmoqda. Hozirgi kunda korxonada 54 nafar işçi xodimlar mehnat qilişmoqda.
2022-yil boşidan şu kungaça aholidan maişiy çiqindi uçun jami tuşgan tuşum salkam 500 million sömni taşkil etadi. Şunday bölsa-da, aholining debitor qarzdorligi 877 million sömdan ortiq bölib, uşbu qarzdorliklarni undiriş maqsadida zarur çoralar körilmoqda.
Körsatilgan xizmatlar uçun 6 oy davomida tölov qilmagan va qarzdorligi 100 ming sömdan oşgan jismoniy şaxslar ustidan sudga daʼvo arizalari kiritilmoqda. Xususan, 2022-yil boşidan beri 226 nafar abonent poçta orqali ogohlantirilib, 83 nafar abonent qarzdorligi sudga kiritilgan.
Ayni paytda tumandagi 125 ta xöjalik hisobidagi taşkilotlar bilan ham şartnomalar tuzilib, korxona tomonidan xizmatlar körsatilmoqda. Yuridik taşkilotlarga körsatilgan xizmatlardan joriy yil davomida 60 million sömdan ortiq tuşum bölgan. Debitor qarzdorlik esa 171 million sömdan ortiqni taşkil etadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2020-yil 15-iyundagi Qaroriga asosan jismoniy şaxslarga bir kişiga 2600 söm, yuridik taşkilotlar uçun esa 1 kub metr çiqindini olib çiqiş uçun 52 900 söm tölov qilinişi belgilangan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Amudaryo tumani filiali xodimlari ovul va mahallalar hududidagi köçalaridan qattiq maişiy çiqindilarni tasdiqlangan jadval böyiça şartnoma asosida “Signal” usulida olib çiqib ketilişini taʼminlamoqda. Zero, atrof muhit tozalagi – xalq salomatligi garovidir.
Risolat IBRAGIMOVA, amunews.uz jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶