22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:03
Fan va taʼlim 👁 245

Qilichboy ovulidagi 34–sonli maktabda “Besh tashabbus” doirasida tadbir boʻlib oʻtdi

Qilichboy ovulidagi 34–sonli maktabda “Besh tashabbus” doirasida tadbir boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, joriy yil 5-aprel kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Yigʻilish davomida Prezidentimiz tomonidan taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qilichboy ovulidagi 34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabda “Besh tashabbus” doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Otabek Ibragimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Sharafaddin Tajimuratov hamda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida mehmonlar maktab oʻquvchilarining ijod namunalari va ularning qoʻl mehnatlari bilan yaratilgan mahsulotlarni oʻzida jamlagan koʻrgazmani tomosha qildilar. Koʻrgazmada oʻquvchilarning “Besh tashabbus” doirasida kitobxonlik, axborot texnologiyalari, sport, madaniyat bilan qay darajada shugʻullanayotgani mehmonlar eʼtiboriga havola qilindi.

Shundan soʻng mehmonlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktab hududida yangidan barpo qilinayotgan yashil hududga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekdilar.

Soʻngra tadbir ishtirokchilari sinfxonalarga, maktab kutubxonasi va musiqa xonasiga kirib, maktabda taʼlim-tarbiya jarayonining qay darajada tashkil qilingani va oʻquvchilarning “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlarga qanchalik qamrab olingani bilan yaqindan tanishdilar. Oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazilayotgan intellektual oʻyinlar, texnik ijodiyotga qiziquvchi yoshlar tomonidan ishlangan turli maketlar va ishlanmalar mehmonlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev maktablarda maʼnaviy muhitni tubdan yaxshilash uchun eng avvalo, oʻquvchilarda yoshligidan oʻzining mahallasi va qishlogʻi hayotiga befarq boʻlmasligi, oʻqib oʻrganib bilim olishlari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtakazishlari lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi masʼullari tomonidan maʼnaviyat tadbirlarini muntazam oʻtkazish lozimligi va bunda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va ijodiy masalalar boʻyicha targʻibotchilar birdek masʼul ekanligi alohida taʼkidlandi.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari, Maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, ijodiy masalalar boʻyicha targʻibotchilar shuningdek, maktab psixologlari oʻrtasidagi faol hamkorlik bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishi alohida qayd qilindi. Qolaversa, maktab maʼmuriyatiga ilm va sanʼat vakillari, ziyoli va nuroniylar, ilgʻor tadbirkorlar bilan doimiy uchrashuvlarni tashkil qilish boʻyicha tavsiyalar berib oʻtildi.

Shundan soʻng tadbir “Besh tashabbus” doirasidagi chiqishlarga ulanib ketdi. Tadbir davomida iqtidorli oʻquvchilar tomonidan ijro qilingan kuy-qoʻshiqlar yangradi. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va mehmonlar oʻquvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularni ilm-fan sirlarini puxta egallab, zamonaviy kasb-hunar egasi boʻlishga hamda Vatanimizga xizmat qilishga chorlashdi.

Shuningdek, kitobxonlik mushoirasi, kibersport, tikish-bichish, rassomchilik yoʻnalishlarida turli musobaqalar tashkil etilib, unda oʻquvchilar faol qatnashdilar.

Shu oʻrinda aytish kerakki, “Besh tashabbus” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlardan koʻzlangan maqsad − yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilishdan iboratdir.

Tadbir yakunida musobaqalarda faol qatnashib oʻz iqtidorini namoyon qilgan barcha oʻquvchilar taqdirlandi. Shuningdek, maktabda tashkil etilgan “Barkamol avlod” toʻgaragi aʼzolariga tikuvchilik kasbini puxta oʻrganishlari uchun 2 ta tikuv mashinasi, musiqaga oshno boʻlgan bolajonlarning sanʼat sirlarini puxta egallashlari uchun doira va rubob sovgʻa qilindi.

Ayniqsa, ushbu tadbirlarning endigina unib-oʻsib kelayotgan yosh avlod hayotida joriy qilish ulardagi ijodkorlik qobiliyatlarini erta aniqlash va shakllantirishga xizmat qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026