“Qadriyatlar bebaho boyligimiz” şiori ostida seminarlar ötkazildi
Qadriyatlar – har bir millatning ötmişi, buguni va kelajagini oynadek körsatib turuvçi eng muhim omillardan biri.
Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, anʼanalarini, barça moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barça tomonlarini öz içiga qamrab oladi. Har bir millatning madaniyati va urf-odatlarini hurmat qiliş millati tili va diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar qonun oldida tengligini taʼminlaş lozimligi boş qomusimizda ham belgilab qöyilgan.
Şu maʼnoda, yoşlar qalbida qardoş millat va elatlarning urf-odatlarini hamişa hurmat qiliş va ularga döstona munosabatda bölişdek ezgu işlarni yanada çuqur singdiriş borasida köplab say-harakatlar qilinmoqda. Yoşlarni qardoş millat vakillarining boy tarixiy qadriyatlari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida taşkil qilinayotgan körgazmali seminarlar ham şular jumlasidandir.
22-aprel kuni Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğini hududidagi Mehnatkaş aholi punktida joylaşgan gilamdözlik tsexida ham şu maqsadda körgazmali seminar taşkil qilindi.
Unda tuman hokimining örinbosari Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va maslaştiriş namunali tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva, mahalla faollari hamda ovul hududida joylaşgan umumtaʼlim maktablarning öquvçi qizlari iştirok etişdi.
Seminar davomida bejirim gilamlar töqiş orqali öz milliyligini aholi orasida keng tarğib qilayotgan ayol-qizlarning mehnatlari alohida eʼtirofga loyiq ekanligi taʼkidlandi.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, hududda istiqomat qilayotgan ayol-qizlarning bandligini taʼminlaşga kömaklaşiş maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan 5 ta xonadonga töqiş stanogini örnatib berilib, gilam töqiş uçun zarur bölgan mahsulotlar va boşqa töqiş uskunalari bilan taʼminlandi. Ötgan yilning bahor oylarida faoliyat boşlagan gilamdözlik tsexlarida ayni paytda biri-biridan çiroyli gilam va paloslar töqilib, xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Qadimdan maʼlumki, qardoşlarimizning anʼanaviy gilamdözligi qöl mehnatiga asoslanadi. Gilamlarda rang-barang naqşlar, manzaralar, uşbu xalq milliy qadriyatlari, anʼanalari, mahalliy hayvonot va nabotot olami tasvirlanadi. Uşbu kasb asrlardan asrlarga, avlodlardan avlodlarga ötib kelayotgani uçun ham juda qadrlanadi. Körgazmali ceminar davomida öquvçi qizlar ham darsdan böş vaqtlarida gilam töqiş sirlarini örganişni niyat qildilar.
Amudaryo tumani Oila va xotin-qizlar bölimi taşabbusi bilan taşkil qilingan tadbir doirasida ovul hududida istiqomat qiluvçi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 20 dan ortiq xotin-qizlar uçun psixologik trening maşğulotlari ham taşkil etildi.
Unda ayollar psixologiyasi hamda soğlom va mustahkam oilaning asoslari, xotin-qizlar örtasida uçrayotgan turli noxuş holatlarning oldini oliş borasidagi işlarga alohida eʼtibor qaratildi. Ruhiy tuşkunlikka tuşib qolgan ayollar bilan individual suhbatlar olib borilib, ularning öziga bölgan işonçni orttirişga qaratilgan tavsiyalar berib ötildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶