22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:03
Fan va taʼlim 👁 311

“IJODKOR VA INTILUVChAN YoShLAR” ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TANIQLI ShOIRLAR BILAN UChRAShDILAR

“IJODKOR VA INTILUVChAN YoShLAR” ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TANIQLI ShOIRLAR BILAN UChRAShDILAR

++ Joriy yilning 23-aprel sanasida Mangʻit shahridagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida estetik fanlar oyligiga bagʻishlangan “Ijodkor va intiluvchan yoshlar” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda mazkur maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Xonimjon Rajabova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, shoira Nazira Matyoqubova, maʼnaviyat fidoyilari shoir Tursunboy Abdullayev, shoir va yozuvchi Ahmad Nafasov, shoira Zulfiya Olloyorovalar hamda maktabning ijodkor oʻquvchi-yoshlari hamda oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahrom Hikmatullayev ochdi va maktab oʻquvchilari tomonidan amaliy fanlar boʻyicha erishilayotgan yutuqlar, toʻgaraklar faoliyati, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Estetik fanlar oyligi munosabati bilan texnologiya, musiqa, tasviriy sanʼat chizmachilik fanlarining ahamiyati va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliqligini aks ettiruvchi vositalar bilan bezatilgan maktab foyesi va tadbir uchun tanlangan xonada oʻquvchilar qoʻl mehnati bilan yasalgan ijodkorlik namunalarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazma namoyish etildi. Koʻrgazmadan joy olgan maktabning ijodkor oʻquvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan tikuvchilik, toʻquvchilik, shuningdek robototexnika, rassomchilik, sanʼat va kitobxonlik boʻyicha ijodiy ishlari namunalari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir davomida maktabning “Chevar qoʻllar” toʻgaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan va oʻquvchi-qizlar ijodkorlik qobiliyatini yanada oshirishga qaratilgan turli millatlarning hamda oʻzbek xalqining milliy liboslari, bolalar liboslari, toʻy va bazmlar, xalqimizning turli marosim liboslari namoyishi ham boʻlib oʻtdi. Milliyligimizni asrash, xalqimizning milliy-maʼnaviy merosidan faxrlanish, yoshlarimizning qiziquvchanligini oshirish, iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgan liboslar namoyishi nafaqat tadbir ishtirokchilari, balki har bir oʻquvchi-yoshning qalbida xalqimiz maʼnaviyati, milliy-madaniy qadriyatlaridan faxrlanish va hurmat tuygʻusini uygʻotdi.

Estetik fanlar oyligi doirasida oʻtkazilgan “Ijodkor va intiluvchan yoshlar” tadbirida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, taniqli shoira Nazira Matyoqubova, Xonimjon Rajabova, Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasov, Zulfiya Olloyorovalar ham soʻzga chiqishib, maktabning intiluvchan, ijodkor oʻquvchi-yoshlari tomonidan besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar. Ayniqsa, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan tikuvchilik, toʻquvchilik, robototexnika, rassomlik, sanʼat, kitobxonlik yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlangan ijodkorlik namunalari ularning yorqin kelajak sari dadil intilayotganlaridan dalolat ekanligini taʼkidladilar.

Shundan soʻng tadbir mehmonlari oʻz sheʼrlaridan oʻqib berdilar hamda maktab ijodkor yoshlarining sheʼrlarini maroq bilan tingladilar.

Tadbirda oʻquvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy va qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir yakunida maktabning amaliy fanlar uslubbirlashma Kengashi aʼzosi, texnologiya fani oʻqituvchisi Shahnoza Qurbonboyeva, musiqa fani oʻqituvchisi Bahodir Atoyev, tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Shokir Orazboyevlar amaliy fanlar oyligi doirasidagi barcha tadbirlarda faol ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlarga minnatdorchilik bildirishib, oʻz sovgʻalarini taqdim etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026