GRANT LOYIHASI DOIRASIDA SOĞLOM TURMUŞ TARZI TARĞIBOTIGA BAĞIŞLANGAN DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
Joriy yilning 26-aprel sanasida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Soğlom turmuş tarzi – farovon hayot asosi” grant loyihasi doirasida “Yoşlarda soğlom turmuş tarzi madaniyatini şakllantiriş” mavzusida Amudaryo tumani 1-sonli kasb-hunar maktabida davra suhbati bölib ötdi.
Davra suhbatida tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi Salomatlik markazi şifokori Tamara Saidova, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi xodimlari, kasb-hunar maktabi öqituvçilarni, işlab çiqariş taʼlimi ustalari va öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Davra suhbatini kasb-hunar maktabi direktori Olloyor Boltaboyev oçdi va kun tartibidagi mavzu yuzasidan öz fikrlarini bildirib, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi ijodiy jamoasi tomonidan xalqimiz orasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş maqsadida amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot işlariga yuqori baho berdi.
Şundan söng, “Soğlom turmuş tarzi – farovon hayot asosi” grant loyihasi koordinatori, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva davra suhbati iştirokçilariga mazkur loyihaning mazmun-mohiyati, undan kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumot berdi.
Xususan, u öz sözida soğlom turmuş tarzi keng maʼnoli tuşunça bölib, unumli mehnat qiliş, iştiyoq bilan öqiş, faol dam oliş, badantarbiya va sport bilan şuğullaniş, organizmni çiniqtiriş, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, oqilona ovqatlaniş, zararli odatlardan özini tiyiş, har yili şifokor körigidan ötib turiş kabi omillardan iborat ekanligini taʼkidladi.
Şundan söng, Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi Salomatlik markazi şifokori Tamara Saidova kun tartibidagi asosiy mavzu – “Yoşlarda soğlom turmuş tarzi madaniyatini şakllantiriş” xususida qiziqarli maʼruza qildi. Xususan, yoşlar kundalik hayotlarida amal qilişi lozim bölgan asosiy gigiyena qoidalaridan taşqari, yaxşi muomala, samimiy munosabat ham öta muhimligini taʼkidlab ötdi. Insonga yaxşi kayfiyat baxş etiş uning ruhiy salomatligi garovi ekanligi, hozirgi şaroitda keng jamoatçilik, ayniqsa, yoşlar örtasida jismoniy faollik sezilarli darajada kamayganligi, şu bois, jamiyatda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, kamharakatlikka qarşi ommaviy kuraşiş, yoşlarni sport bilan şuğullanişga jalb qiliş mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanganini qayd etdi. Çunki nosoğlom turmuş tarzi, jismoniy nofaollik yurak-qon tomir kasalliklari, insult, xavfli ösmalar, nafas oliş yöllarining surunkali yalliğlanişi, qandli diabet kabi kasalliklarni keltirib çiqarişini hayotiy misollar tariqasida tuşuntirib, yoşlarga tibbiy maslahatlar berdi.
Davra suhbatida öquvçi-yoşlardan Dilnura Yöldoşeva, Nasiba Xudoyberganova, Jahongir Tursunboyevlar ham öz fikr-mulohazalari bilan iştirok etişdi.
Öquvçi-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga davra suhbati davomida batafsil javoblar oldilar.
Risolat IBRAGIMOVA, amunews.uz jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶