Jasoratli mehnat samaralari
Bu yil tumanimiz paxtakorlari uçun, qolaversa dörmanlik paxtakorlar uçun kuz sahovati çeksiz böldi: közni quvontiradigan yuksak "oq oltin” xirmonlari uyildi. Tumanimiz paxtakorlari 34 ming tonnaga yaqin yuqori navli paxta hosilini yiğib-terib olib, ona Vatanga armuğon qildi va Respublikamizda birinçi bölib yillik paxta tayyorlaş şartnomaviy davlat rejalarini ortiği bilan bajardi. Bu albatta, paxtakorlarimizning jasoratli mehnati natijasidir. Aniqroq qilib aytganda, jasorat xirmonidir.
Har yili birinçi bölib ğalaba tuğini baland kötarişga odatlangan va buni eng yaxşi anʼanaga aylantirgan dörmanlik paxtakorlar sentyabr oyi boşidayoq taşabbusni qölga olib, 14 ta fermer xöjaliklarining ming gektardan ziyod paxta maydonlarida paxta yiğim-terim işlarini uyuşqoqlik bilan olib bordilar. Paxtazorlarda ikki mingdan ortiq terimçilar ter tökib mehnat qildilar va terim surʼatini kun sayin oşirdilar. Mavjud 14 ta fermer xöjaliklarining har birida bittadan paxta yiğim-terim otryadlarining taşkil etilişi va faoliyat olib borişi terim surʼatini oşirişda asosiy omil böldi. Natijada qisqa muddatda "oq oltin” xirmonlari sarbaland bölib, yillik marra egallandi va davlat xazinasiga 2300 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosili yetkazib berildi.
- Bugungi katta mehnat ğalabamizga har yili paxtadan möl hosil yetiştirib kelayotgan va 40 tsentnerçilik harakatining taşabbuskorlari bölgan "Kamoliddin Bekniyoz”, "Pirnazarov Töraboy”, "Matmurodov Botir”, "Pirmetov Bozorboy”, "Beşboyev Qurbonğaliy” va "Ortiqov Rajabboy” fermer xöjaliklarida bugungi kunning özidayoq, har gektar hisobiga 28-30 tsentnerdan xirmon kötarildi. Paxtazorlarimizda hosil hali möl. Yiğim-terim işlarini yanada qizitib, 3 ming tonnalik yuksak majburiyatimizni ham tez kunda bajarib xirmonlarga baraka kiritamiz, - deydi. Y.Örozboyev nomidagi MMTP rahbari Uluğbek Örozboyev faxr bilan.
Xöjalikdagi 40 tsentnerçilik harakatining taşabbuskorlaridan biri Qurbonğaliy Beşboyev boşqargan "Beşboyev Qurbonğaliy” fermer xöjaligida paxta yiğim-terim işlari avj pallasiga çiqqan. Paxtazorlarda har kuni 150-160 nafar çaqqon qölli terimçilar unumli mehnat qilişmoqda. Paxtazorlar bugungi kunda göyo qaynoq mehnat maydoniga aylangan.
- Ha, bugungi kunda hammamizning örnimiz paxtazorlarda. Peşona terlarimiz bilan yetiştirgan möl paxta hosilimizni qançalik tez yiğib-terib olsak, şunçalik qölimiz baland, yuzimiz yoruğ, daromadimiz mömay böladi. 67 gektar paxta maydonidan 200 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini yiğib-terib olib marradan oşdik. Birinçi terimdayoq hosildorlik har gektar hisobiga 30 tsentnerga yetdi. Paxtazorlarimizdagi qolgan hosilni yiğib terib olsak, hosildorlik 40 tsentnerdan ham oşib ketadi, - deydi ilğor fermer Qurbonğaliy Beşboyev işonç bilan.
Dala - taşkiliy işlar bilan band bölgan 177-paxta yiğim-terim otryadining rahbari Otamurod Yusupov ilğor terimçilar haqida faxru iftixor bilan gapira ketdi:
- Gözal Qurbonova, Muqaddas Yusupova, Şirin Soatova, Erkinoy Yöldoşeva, Şarofat Örozaliyeva, Yorqinoy Qurbonboyeva, Zubayda Abdullayeva, Nilufar Bobojonovalar har kuni 180-200 kilogrammdan paxta terib bermoqdalar, - deydi 177-paxta yiğim-terim otryadi rahbari Otamurod Yusupov.
Qobul Şomurodov.
M.Habibullayev olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶