21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:40
Siyosat 👁 414

Toʻlqin ovulida hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Toʻlqin ovulida hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Yoshlar muammolarini tinglash, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida bugungi kunda yurtimizda keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, barcha darajadagi rahbarlar yoshlar sohasini oʻz kun tartibidagi bosh vazifa sifatida belgilagan holda, mamlakatimizning barcha hududlarida, mahalla va qishloqlarda yoshlar bilan sayyor qabul va uchrashuvlar tashkil etishib, ularning oʻz maqsad va intilishlari yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga koʻmaklashmoqdalar.

28-aprel kuni Amudaryo tumani Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan boʻlib oʻtgan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” ham shu kabi maqsad va vazifalarga qaratildi.

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda 29 nafar yoshlar oʻz muammo va takliflari bilan ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev yoshlarga murojaat qilib tumanimizdagi yoshlarning intilishlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash isteʼdod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini takidlandi.

Darhaqiqat, soʻnggi yillarda oʻsib kelayotgan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. “Besh muhim tashabbus”ning har bir yoʻnalishini tumanda tizimli amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida, rasmiyatchilikdan holi, koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Yoshlar oʻzlarining qiziqishlari, oldiga qoʻygan rejalari haqida, duch kelayotgan muammo va toʻsiqlar haqida tuman hokimiga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilib yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalar olishdi. Joyida hal qilish imkoni boʻlgan ogʻzaki murojaatlar shu yerning oʻzida qanoatlantirildi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov soʻzga chiqib, yoshlarga boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlari lozimligini, kasb-hunar egallab bilim olishi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlarga toʻxtalib, bularning barchasi isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini eʼtirof etdi.

Shundan soʻng yoshlarning muammolari va takliflari atroflicha tinglandi. Murojaatlar mazmuni asosan imtiyoli kredit ajratilishi, haydovchilik guvohnomasiga oʻqishda subsidiya ajratilishi boʻyicha boʻldi.

Murojaatlar belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan soha masʼullariga topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi.

Yoshlarining hayotiy qiziqishlarini oʻrganish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam berish maqsadida oʻtkazilgan hokim va yoshlar uchrashuvi barcha yoshlar dilida oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026