36-SONLI MAKTAB JAMOASI UMUMXALQ XAYRIYa HAŞARIDA FAOL IŞTIROK ETIŞDI
Mamlakatimizning barça hududlarida hukumat farmoyişiga köra 30-aprel kuni “Mahalla obodligi — yurt farovonligi" şiori ostida umumxalq xayriya haşari ötkazildi. Zero, xalqimizning azaliy udumlaridan biri sanalgan haşar odamlar orasidagi mehr-oqibat, pokizalik va uyuşqoqlik ramzidir. Bugungi kunda xayriya haşarlarini ötkaziş va şu orqali hududlarni obodonlaştiriş ananaga aylangan.
Şu kuni bölib ötgan xayriya haşarida tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 36-sonli maktab jamoasi ham faol iştirok etişdi. Kötarinki kayfiyatda davom etgan haşarda mehnat qilayotgan ustozlarga öquvçilar ham qöşilib ketdilar. Maktabda barça fan öqituvçilari, maktab rahbarlari va öquvçilar kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami arafasida umumxalq xayriya haşarini yuqori saviyada ötkazişdi.
Haşarda kimdir öz mehnati, kimdir saxovati bilan, boşqalar esa özining oltinga teng duo-yu, ezgu tilaklari bilan iştirok etadi. Ayniqsa, uluğ ayyomlar, katta tantanalar oldidan ötkaziladigan umumxalq xayriya haşarlarida yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan barça yurtdoşlarimiz faol iştirok etişga harakat qiladi.
Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi, Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirliklari, Yoşlar işlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari taşabbuskor bölgan uşbu haşarda maktab hovlisida obodonlaştiriş işlari ötkazildi.
Xayriya haşari munosabati bilan mevali va manzarali köçatlar ekildi. Maktab sport maydonçasi va atrofi tozalandi. Maktab hududi tozalanib, daraxtlar oqlandi, sinf xonalari ham nazardan çetda qolmadi. Oqova suv keladigan ariq va zovurlardagi çiqindilarni tozalaşdi, yölaklar ozoda holga keltirildi.
Maʼlumki, farmoyişda haşar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, möʼtabar maskanlar, bolalar maydonçalari tartibga keltirilişi, obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari yanada faol olib borilişi bilan birga xayriya doirasida aholining ehtiyojmand qatlamlari yanada faol qöllab-quvvatlaniş belgilangan. Şunga köra maktab jamoasi hududga yaqin ehtiyojmand oilalar xonadonlariga taşrif buyurib, atroflarini obodonlaştirişga kömak berdilar.
Maktab atrofi va hovlisini obodonlaştiriş uçun hissa qöşganligidan barça xodimlar mamnun böldilar. Xayriya tadbiri kötarinki ruhda, zavqli davom etdi.
Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶