KÖZI OJIZLAR JAMIYaTI TAŞKIL TOPGANIGA 90-YIL TÖLDI
Amudaryo tumanida Özbekiston közi ojizlar jamiyati taşkil topganining 90 yilligi munosabati bilan tadbir ötkazildi.
Manğit şahridagi “Özbegim” restoranida ötkazilgan uşbu tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi közi ojizlar jamiyati hamda Amudaryo tumani közi ojizlar jamiyati masʼullari, aʼzolari iştirok etişdi. Tadbirda tuman hokimi va boşqalar sözga çiqib, 90 yillik yubiley bilan jamiyatning barça aʼzolarini tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston közi ojizlar jamiyati taşkil topganiga bu yil 90-yil töladi. Közi ojiz nogironlarni foydali mehnatga jalb etiş, ularning bilimlarini oşirib, örta va oliy maʼlumotga ega bölişlariga kömaklaşiş maqsadida taşkil qilingan uşbu jamiyatning ustavi 1932-yilda qabul qilingan edi. Qoraqalpoğiston Respublikasi közi ojizlar jamiyatiga qaraşli Amudaryo tumani közi ojizlar jamiyati esa 1937-yilda hududdagi savodsizlikni tugatiş va közi ojizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan.
Öşa davrlarda tumanda közi ojiz nogironlar soni 20-22 nafardan iborat bölgan. Közi ojiz nogironlar çit, paypoq töqiş va boşqa hunarmandlik işlariga ham jalb qilingan. 1960-yillarga kelib uşbu jamiyat boşliği Yöldoş Matmurodov hamda Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist Nazir Rahimovning saʼy-harakatlari natijasida öz binosiga ega bölgan.
1963-yilning birinçi martida şu binoda Özbekiston közi ojizlar jamiyatining Xöjayli öquv işlab çiqariş korxonasiga qaraşli Manğit şoxobçasi iş boşlagan. Bunda dastlab bozor uçun xöjalik setkasi va qamişdan çit töqiş işlari davom ettirilgan.
Şundan söng, 1972-yilning avgust oyida Közi ojizlar maxsus kutubxonasi taşkil qilingan. Sanamjon Madrahimova unga kutubxonaçi qilib tayinlangan. Hozirgi kunda uşbu kutubxona badiiy va ilmiy kitoblar bilan taminlanib, kitobsevarlarga xizmat körsatib kelinmoqda. Bunday şart-şaroitlar közi ojiz nogironlarning bilim olişida, hunar egallaşida yaqindan yordam berib, muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbir davomida jamiyatning tuman bölimi masʼullari tomonidan sönggi yillarda amalga oşirilgan işlar xususida söz yuritildi. Şuningdek, masʼullar yurtimizdagi közi ojiz nogironlar jamiyatda öz örnini topişi uçun ularga bölgan eʼtibor oşib borayotgani xususida alohida töxtalib, ularning kundalik hayotini mazmunli ötkaziş maqsadida turli xildagi tadbirlar ötkazilayotganini, bu saʼy-harakatlar inson qadrini uluğlaş, yurtdoşlarimizda insoniylik tuyğularini mustahkamlaş maqsadida amalga oşirilayotganini mamnuniyat bilan aytib ötdilar.
Tumanda ham közi ojiz nogironlarga bölgan eʼtiborni yanada kuçaytiriş maqsadida har yili tadbirlar ötkazilib kelinayotgani, tadbirlarda har tomonlama faol qatnaşgan közi ojiz nogironlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelinayotgani, bu nogironligi bor insonlarda özlariga bölgan işonç, kasb-hunar örganişga intilişlari ortişida turtki bölayotgani taʼkidlandi.
Şu yil közi ojizlar jamiyatining 90 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi 16-sonli maktabda şaxmat-şaşka böyiça ötkazilgan musobaqada jamiyat aʼzosi Ibragim Sultonov faxrli birinçi örinni olgani, u 1983-yildan boşlab, to şu kungaça Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnaşib, tumanimiz sport şarafini himoya qilib kelayotgani va boşqa qator yutuqlar eʼtirof etildi.
Tadbirda jamiyat aʼzolariga masʼullar tomonidan sovğalar berildi va tuman Madaniyat bölimi tomonidan musiqiy dastur namoyiş etilib, barçaga xuş kayfiyat ulaşildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶