“BIZ ŞEʼRIYaTNI SEVAMIZ” MAVZUSIDA ADABIY UÇRAŞUV BÖLIB ÖTDI
Amudaryo tuman XTBga qaraşli 40-sonli umumtaʼlim maktabida ijodkor yoşlar bilan işlaşiş, alohida iqtidorga ega öquvçilarning ijodini rağbatlantiriş maqsadida turli bayram sanalari munosabati bilan şeʼriyat keçalari, adabiy-maʼrifiy mavzulardagi davra suhbatlari taşkillaştiriş va bu kabi tadbirlarda öquvçi-yoşlarning faol iştirokini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ijodga moyil öquvçilar bilan işlaşişni boşlanğiç sinflardan boşlab töğri taşkil etişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli maktabning 2-, 3-,4-sinflar öquvçilari orasida öz ijodlari bilan tuman matbuoti sahifalarida iştirok etayotgan ijodkorlar talaygina. 15-may – Xalqaro oila kuni arafasida maktabning boşlanğiç sinflar öqituvçilari Gulnoza Rajabova hamda Dilrabo Örozboyevalar hamkorlikda taşkil etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham boşlanğiç sinf öquvçilarining ijodiy-madaniy qobiliyatlarini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirildi.
“Biz şeʼriyatni sevamiz” şiori ostida ötkazilgan mazkur tadbirda öquvçilar Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoira Robiya Yöldoşeva ijodidan namunalar öqidilar. Şoiraning ona Vatan, döstlik, tinçlik, ona va mustaqillikni madh etuvçi şeʼrlarini yoddan öqigan öquvçilar R.Yöldoşevaga hayoti va ijodi bilan boğliq savollar berişdi. Robiya Yöldoşeva öquvçilarning savollariga javob beriş asnosida özining bolalik, ösmirlik yillari va yoşlik xotiralari, ilk şeʼrlari çop etilganidagi yorqin taassurotlari haqida maroqli hikoya qilib berdi. Şuningdek, Özbekiston Qahramoni, xalq şoirasi Zulfiyaxonim bilan bölgan tarixiy uçraşuvlari, ustozi, adabiyotşunos olim, Özbekiston Qahramoni Ozod Şarofiddinov, xalq şoiri Muhammad Yusuf bilan boğliq aziz xotiralarini tilga olib, M.Yusuf şeʼrlaridan öqib berdi.
Öz navbatida öquvçilar ham özlari yozgan şeʼrlaridan öqişib, marş sadolari ostida raqslar ijro etişdi.
Tadbir davomida öquvçilar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, front orti fidoyilarining matonat va jasoratlarini tilga olişib, ota-bobolarimizning jangovar xotiralari oldida hurmat va ehtirom tariqasida uruş va front orti faxriylarini şaraflovçi şeʼrlar aytişdi.
“Biz şeʼriyatni sevamiz” mavzusida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Robiya Yöldoşeva öquvçilarga kitoblar sovğa qildi va özining yangi şeʼrlaridan öqib berdi.
Şeʼrxonlik, biri-biridan maroqli adabiy suhbatlar, musiqiy çiqişlar bilan fayzli ötgan tadbir öquvçilar qalbida maʼnaviyatga, milliy-madaniy qadriyatlarga, şeʼriyatga mehr va ixlos tuyğularini yanada mustahkamladi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶