QURILIŞ SOHASIGA OID YaGONA MAʼMURIY QURILIŞ REGLAMENTLARI TASDIQLANDI
Bugungi kunda mamlakatimizda quriliş sohasini yanada takomillaştiriş, arxitektura hamda quriliş organlari va muassasalarini izçil rivojlantiriş mexanizmlarini şakllantiriş, davlat boşqaruvi tizimining samaradorligini taʼminlaş, sohaga raqamli texnologiyalarni ilğor joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi quriliş tarmoğini modernizatsiya qiliş, jadal va innovatsion rivojlantirişning 2021-2025-yillarga möljallangan strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmoni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Quriliş sohasiga oid yagona maʼmuriy quriliş reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi 200-sonli qarori bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan bino va inşootlarning taşqi körinişini özgartirişni kelişiş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamenti, bino va inşootlarning ixtisoslaşişini özgartiriş, qayta quriş, rekonstruktsiya qiliş hamda öz hududida qöşimça bino va inşootlarni qurişni loyihalaştirişga ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamenti, arxitektura-rejalaştiriş topşiriğini işlab çiqiş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Şuningdek, uşbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq körsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun yuridik va jismoniy şaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşirilişi belgilangan.
Qolaversa, davlat siri bilan boğliq obʼektlarning birlamçi ruxsat beriş hujjatlarini, loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş, ularni ekspertizadan ötkazişdan tortib obʼektlarni foydalanişga topşirişgaça bölgan barça quriliş jarayonlari Davlat xizmatlari markazlari iştirokisiz töğridan-töğri quriliş organlari tomonidan amalga oşirilişi körsatilgan.
Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶