21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:40
Siyosat 👁 383

Hokim yordamchilariga planshetlar topshirildi

Hokim yordamchilariga planshetlar topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevral kungi qarori bilan Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan edi.

Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish xarajatlari koʻrsatilgan.

Shu maqsadda, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 21 nafar hokim yordamchisiga soʻnggi, zamonaviy rusmdagi kompyuterlar, 16 nafariga kerakli ish jihozlari xamda zamonaviy mebellar topshirilgan edi.

17-may kuni tuman hokimligida hokim yordamchilari bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev qatnashib, hokim yordamchilariga elektron platformalarga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish, xamda videokoferentsaaloqa shaklida yigʻilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlarni tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, tuman hokimi hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning aholi bilan ishlash borasidagi tajriba va malakalarini boyitish yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini ham berib oʻtdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bugun Respublikamizning barcha hududlarida 9 ming nafardan ziyod hokim yordamchilari oʻz faoliyatlarini olib bormoqda.

Jumladan, ular sektor rahbarlari bilan birgalikda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash, xonadonbay asosda mahalladagi haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlash, mahallaning “oʻsish nuqtasi”dan kelib chiqib, taklif etilayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish, aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Qolaversa, fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida “daftarlar” doirasida oʻrganishlar oʻtkazilib, ijtimoiy reyestrni qaytadan yangilashmoqda. Bunda oʻz-oʻzidan mahallalar qiyofasi shakllanib, ijtimoiy muhitni yaxshilashga doir vazifalar ham belgilanmoqda.

Qolaversa, hokim yordamchilari tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan hamkorlikda sifatli urugʻ, koʻchatlar yetkazib berish, biologik oʻgʻitlar bilan taʼminlash, eksport koʻlamini kengaytirish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib bormoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohatlar “Inson qadri har narsadan ustun” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Ushbu yilning “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb nomlanganligining oʻzida ham alohida ramziy maʼno bor. Mahalla institutining ustunlari hisoblangan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi oʻz mahallasida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning ishonchli vakili sifatida faoliyat yuritib, mahalladoshlarining hurmat va eʼtiboiga sazovor boʻlmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026