DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA KARŞI KURAŞIŞ – MUHIM VAZIFA
Maʼlumki, din hamişa insonlarni yaxşilikka, ezgu maqsadlarga çorlagan. Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek, islom dini bu ota-bobolarimiz dini, u biz uçun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham maʼrifatdir. Şu bois keyingi davrda musulmonlarning eʼtiqodi va diniy hissiyotlaridan ustakorlik bilan foydalanib, diniy ekstremistlar va terrorçilar tomonidan islom bayroği ostida amalga oşirilayotgan jinoyatlar ularning haqiqiy qiyofasini namoyon etmoqda.
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmni bartaraf qiliş amaliyotida “Özbekiston omili”ning örni, jumladan Yurtboşimizning xalqaro miqyosda ötkazilgan anjumanlarda, MDH davlatlari boşliqlarining oliy darajadagi sammitlarida, taşabbuskorligi omil sifatida muhim ahamiyatni kasb etayotganligi, Markaziy Osiyoda birinçi bölib Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 2000-yil 15-dekabrda “Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida” Qonun qabul qilinganligining ahamiyati tahlil qilingan.
Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib körsatiş mumkin; bir tomondan, u tobora şafqatsizroq ğayriinsoniy mohiyat, ikkinçi tomondan, aqlga siğdiriş qiyin juğrofly kölamlar kasb etib bormoqda. AQŞ Davlat departamentining maʼlumotlariga köra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burçagida kimlarnidir qörquvga soliş orqali muayyan maqsadlarga erişişni közlagan, kamida ikkita qöporuvçilik amalga oşirilmoqda. Xatarli jihati şundaki, ularning soni muntazam oşib bormoqda.
Yurtimizdagi tinçlik va osoyiştalikni asraş har birimizdan huşyorlik va ogohlikni talab qiladi. Ayniqsa, globallaşuv jarayonlari şiddatli tus olgan hozirgi davrda xalqimizda, ayniqsa, yoşlarda milliy ğurur, iftixor, tuyğusini, yanada çuqurroq şakllantiriş buyuk davlatimiz kelajagiga maʼsul bölgan barça yurtdoşlarimizning muhim vazifasi hisoblanadi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi Yuridik xizmat körsatiş markazi
boş yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶