Kelajak – maktab öqituvçisining qölida
Taʼlim-tarbiyaning tarğibotçisi öqituvçi ekanligini şarqning buyuk mutafakkirlari qayta-qayta eʼtirof etişgan.
Alloma Abu Nasr Farobiy fikriça, har bir inson ham baxtni va narsa-hodisalarni öziça bila olmaydi. Unga buning uçun ustoz lozim va taʼlim-tarbiya jarayoni tajribali, ilmli ustoz tomonidan maʼlum maqsadlarga yönaltirilgan holda taşkil etilişi lozim.
"Taʼlim töğrisida”gi qonun qöygan asosiy maqsadlarga erişişda ham boş rolni maktab pedagogik jamoasi öynaşi sir emas. Bunda jamoaning aʼzosi bölmiş öqituvçilarning kasbiy salohiyati, saviyasi juda muhim.
Öqituvçi zamondan bir-ikki odim oldinda bölişi kerak. Öz fani materillaridan taşqari davlatimiz siyosati, madaniyati va fanning boşqa sohalari böyiça yetarli bilimga ega bölib, taʼlim jarayoniga ijodiy yondaşib, ijobiy natijalar beradigan yöllarni aniqlay oladigan darajada malakali bölmoği kerak.
Fanga, ilmga muhabbat öqituvçiga muhabbatdan boşlanadi. Öqituvçi uçun öz öquvçisining mehr-muhabbati katta baxt, katta mukofot. Öqituvçi eʼtibor berişi lozim bölgan yana bir zarur xislat – odillikdir. Öquvçilar adolat bilan iş tutadigan, vaziyatga xolisona baho beradigan öqituvçini qadrlaydilar.
Yurtboşimiz I.Karimov sözlari bilan aytsak, "Öqituvçilik mansab emas, balki masʼuliyatdir”.
Şubhasiz, obrö qozoniş oson iş emas, buning uçun öqituvçi yillar davomida har qanday pedagogik jarayonda har bir ötayotgan darsining muqaddasligini his qilib, masʼuliyatni sezişi kerak.
Yurtimizda öqituvçi-murabbiylar faoliyatiga yetarli eʼtibor qaratilmoqda, maʼnaviy jihatdan qöllab-quvvatlanmoqda. Şu örinda maktab faoliyatining muvaffaqiyatini çin dildan istagan har bir rahbar xodim avvalo mazkur maktab oddiy öqituvçilarining mehnatini, pedagoglik mahoratini töğri baholaşi, u erişgan muvaffaqiyatlari uçun rağbatlantirişni adolatli tarzda töğri yölga qöyişi lozim. Çunki bugungi kundagi öqituvçining mehnati bundan ön yillar oldingidan ança murakkabligi bilan farq qiladi.
Yurtimizda 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida belgilangani öqituvçining jamiyatda yuksak mavqega ega ekanligining dalolatidir. Barça ustozlarga şu eʼtiborga munosib bölişlarini tilab qolaman.
Tölğonoy POLVONOVA,
21-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶