24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:07
Jamiyat 👁 147

“Ayollar daftari”da turuvchi ayollarga huquqiy maslahatlar berildi

“Ayollar daftari”da turuvchi ayollarga huquqiy maslahatlar berildi

Keyingi yillarda xotin-qizlarga qaratilayotgan alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlik sababli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida shijoatli, fidoyi opa-singillarimiz faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Xususan, ijtimoiy, siyosiy jarayonlarda xotin-qizlarning toʻliq va teng huquqli ishtiroki taʼminlanmoqda. Davlat organlarining barcha boʻgʻinlarida qaror qabul qilish jarayonidan tortib, uni hayotga tatbiq etish jarayonigacha ular bevosita ishtirok etmoqda.

Shuningdek, joylarda har bir ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash maqsadida 2020-yildan boshlab “Ayollar daftari” tashkil etildi. Yaqinda Amudaryo tumanining Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini binosida “Ayollar daftari”da turuvchi 50 dan ortiq ayol-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Qayrulla Atamuratov, tuman hokimining oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining devonxona mudiri Elyor Jumaniyozovlar ishtirok etishdi. Shuningdek, yigʻilishda Qilichboy, Xolimbeg, Ayoqchi, Doʻrman, Qoramon, Boʻz solma, Tosh qalʼa, Besh ovul, Amir Temur va Xizr eli ovul hamda mahallalarida yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, shu hududlarning faol xotin-qizlari qatnashdi.

Uchrashuv “Ayollar daftari”da turuvchi ayollarga huquqiy maslahatlar berish, mavjud muammo va kamchiliklarini oʻrganish hamda takliflarini tinglash maqsadida tashkil etildi.

 Maʼlumki “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, boquvchisini yoʻqotgan, mehnatga qobiliyatiga ega boʻlmagan, I guruh nogironligi bor, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, qaramogʻida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz ayollar shuningdek, tibbiy himoyaga, huquqiy yordam olishga muhtoj, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud hamda psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar kiritiladi.

Uchrashuv davomida huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlar tomonidan aliment undirish uchun qanday hujjatlar zarurligi, yashayotgan hovlisini kadastrdan oʻtkazish boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi murojaatlar yuzasidan batafsil tushuntirish hamda tavsiyalar berib oʻtdi.

Undan tashqari, yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Saburova ayol-qizlarni qoʻllab quvvatlash har qachongidan ham yuqori darajaga koʻtarilganligini taʼkidlab, ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, xududlardan kelgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 12 nafar ayol-qizlar oʻzlarini qiynayotgan, yechim topilmayotgan muammoldarini aytib, huquqiy yordam soʻrab murojaat qildilar. Murojaatlarning har biri boʻyicha Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi masʼullari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Darhaqiqat, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tashkil etilishi, kelgusi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab berilishi hamda taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun qizlarga ilk marotaba 7-yil muddatga foizsiz kredit berish tizimi joriy etilgani xotin-qizlar uchun koʻplab imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning roli tobora mustahkamlanib borishida muhim asos boʻlib xizmat qiladi.

Q.Atamuratov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

E.Jumaniyozov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi devonxona mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026