MEDIATsIYa – NIZOLARNI SUDGAÇA HAL QILIŞNING MUQOBIL YÖLI
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar jadal rivojlanib borar ekan, subʼektlar örtasida turli nizolar vujudga kelişi muqarrar.
Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgaça olib bormasdan, muqobil yöl bilan hal qilişga qaratilgan mediatsiya – yaraştiruv jarayoni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda ham çinakam bozor mexanizmlarining amalga oşirilişi sohani tartibga soluvçi zarur huquqiy zamin yaratilişini talab qiladi. Bugungi kunda Özbekistonda mediatsiyaga öxşaş yaraştiruv protseduralari turli nizolarni hal etişda qöllanib kelinadi. Jumladan, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan nizolaşayotgan taraflarni, xususan, qöşnilar örtasidagi nizolarni, oilaviy nizolarni yaraştiriş faoliyatini ham mediatsiyaning bir şakli sifatida köriş mumkin.
“Mediatsiya töğrisida”gi Qonunning qabul qilinişi ham ana şunday ezgu maqsadlarga xizmat qilişi bilan ahamiyatli. 2019-yil 1-yanvardan kuçga kirgan bu Qonun haqida fikr yuritganda, avvalambor, “mediatsiya” sözining luğaviy maʼnosiga töxtaliş lozim. Vositaçilik maʼnosini anglatuvçi bu atama lotinça “mediare” sözidan olingan bölib, jahonning köplab davlatlarida nizolarni tinç yöl bilan hal etişning eng maqbul usuli sifatida tan olingan.
Mamlakatimizda "Mediatsiya töğrisida"gi Qonunning qabul qilinişidan tadbirkorlik bilan boğliq munosabatlarni rivojlantiriş, sohada umumeʼtirof etilgan halqaro standartlar darajasiga çiqiş nazarda tutilgan.
Qonunda uning amal qiliş sohasi ham aniq belgilab qöyildi. Unga köra, Qonun fuqarolik huquqiy munosabatlar, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş munosabati bilan kelib çiqadigan, şuningdek, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan nizolarga mediatsiyani qöllaş bilan boğliq munosabatlarga nisbatan amal qilişi belgilandi.
J. Bekimbetov, tuman
Adliya bölimi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶