24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:07
Jamiyat 👁 254

YuRTIMIZDA BOLA HUQUQLARI QONUN BILAN KAFOLATLANADI

YuRTIMIZDA BOLA HUQUQLARI QONUN BILAN KAFOLATLANADI

Oʻzbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” gi qonunga asosan bola, bolaning qonuniy vakili, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bola, nogiron bola tushunchalari mavjud.
Bola – oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga, yaʼni voyaga yetgunga qadar boʻlgan shaxs
bolaning qonuniy vakillari – ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylardir. Vasiylik va homiylik – ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularga taʼminot, tarbiya hamda taʼlim berish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy vakili hisoblanadi. Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan, homiylik esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga nisbatan belgilanadi.
Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli boʻladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Nikohda va nikohsiz tugʻilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi. Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi. Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Bolaning yashash huquqi kafolatlari- Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir. Davlat sogʻlom bolaning tugʻilishi va rivojlanishini taʼminlash uchun sharoit yaratadi.
Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega. Har bir bola oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega. Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini taʼminlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ham jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash uchun ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori boʻladi hamda zarur resurslar ajratadi. Taʼlim, tibbiyot va madaniy-maʼrifiy muassasalar nogiron bolalar hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan boʻlishi kerak. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga koʻmaklashadi.
Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.
Mamlakatimizda bola huquqlari shu va boshqa qonunlar bilan kafolatlanib, davlat tomonidan himoya qilinadi. Chunki bugun voyaga yetayotgan yosh avlod ertaga yurt kelajagini yaratadi.

S.Sultanov,

tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti, 3-darajali yurist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026