Imkoniyati çeklangan bolalar uçun köngiloçar tadbir taşkil etildi
Dunyoning köplab mamlakatlari qatori yurtimizda ham 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan turli tadbirlar taşkil etiladi va bayram sifatida nişonlanadi. Barça yaxşi narsalar bolalarga bağişlanib, turli quvnoq va madaniy-ommaviy, köngiloçar kontsertlar, sport musobaqalari ötkaziladi. Uşbu kun munosabati bilan imkoniyati çeklangan, nogiron bolalar uçun xayriya aktsiyalari ham bölib ötadi.
Amudaryo tumanining Örtaqalʼa ovulidagi “Arena” savdo majmuasida Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlab imkoniyati çeklangan bolalarning isteʼdodlarini qöllab-quvvatlaş va ularga bayramona kayfiyat bağişlaş maqsadida “Rang-barang böyoqlar” deb nomlangan va köngiloçar tadbir taşkil etildi.
Tuman hokimligi, Xalq taʼlimi bölimi va tadbirkor Dildora Hayitboyeva homiylik qilgan uşbu tadbirda Qoraqalpoğiston Nogironlar jamiyati raisi Parçagul Dauletyarova, Jamiyatning tuman bölimi, tuman hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi, Yoşlar agentligi masʼullari va boşqalar qatnaşişdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar yurtimizda heç kim eʼtibordan çetda qolmasligi, ayniqsa, jismoniy çeklangan şaxslar davlatimiz tomonidan har taraflama qöllab-quvvatlanayotganini tilga olişdi. Şuningdek, imkoniyati çeklangan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari holidan xabar olinib, ularga xayriya yordamlari körsatilayotgani, nogironligi bölgan yoki bemorligi sabab bayram tadbirlarida iştirok eta olmaydigan murğak qalb egalariga bayram sovğalari tuhfa etilayotgani, bunday eʼtibor va ğamxörlik bolalarga bir olam quvonç va şodlik bağişlaşini taʼkidlab ötişdi.
Şundan söng jismoniy imkoniyatlari çeklangan bolalar “Rang-barang böyoqlar” deb nomlangan rasm çiziş tadbirida iştirok etib, özlarining rasm çiziş yönalişidagi isteʼdodlarini namoyiş etişdi. Tadbirda iştirok etgan ota-onalar farzandlari uçun körsatilgan bunday eʼtibordan köngillari kötarilganligini, nogironligi bor bolalar soğlom bolalar bilan tengma-teng ijod qila olişlarini va bu tadbirni taşkil etgan taşkilotçilarning mehnatlarini alohida eʼtirof etdilar.
Tadbir davomida tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Mohimjon Abdurahmonova, hamşira Barno Matmurodovalar birgalikda tibbiy körik taşkil etib, bolalarning salomatligini tekşiruvdan ötkazişdi. Bolajonlarning ota-onalariga ularni töğri parvarişlaş, soğlom turmuş tarziga rioya qilişga odatlantiriş böyiça tibbiy maslahatlar, tavsiyalar berişdi.
Tadbir iştirokçilarga kötarinki kayfiyat, quvnoqlik baxş etiş maqsadida tumandagi 4-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilari iştirokida musiqiy dastur namoyiş etildi. Jajji kiçkintoylar ijrosidagi şöx qöşiq va çiroyli raqslar, Vatan, ona va tinçlik haqidagi şeʼrlar barçaga nihoyatda manzur böldi.
Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan imkoniyati çeklangan bolalarga çeksiz quvonç ulaşiş, ularga kötarinki kayfiyat baxş etiş, madaniy va maʼnaviy dunyoqaraşlarini kengaytiriş maqsadida taşkil etilgan uşbu “Rang-barang böyoqlar” tadbiri yuqori saviyada ötkazildi va bolajonlarga bayram şukuhi hadya etildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶