1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlab bayram tadbiri ötkazildi
Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni butun dunyo bolalari uçun eng beğubor va quvonçli bayram hisoblanadi. Albatta, bolalar bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar öz tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yaşaşga bölgan qiziqişni uyğotadilar. Közlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlar musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirğoçlarga öxşaşadi.
Har yili butun dunyoda bölgani kabi mamlakatimizda ham 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni keng nişonlanib kelinadi. Uşbu bayramda kelajagimiz egalari uçun turli kontsertlar, körgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar ötkaziladi. Istirohat boğlari esa bolalarning tabassumlari bilan göyoki möʼjizalar dunyosiga aylanadi.
1-iyun kuni Amudaryo tumanining Manğit şahridagi madaniyat va istirohat boği ham bolalar kulgusi bilan yanada nurafşon böldi. Istirohat boğida Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlab katta bayram tadbiri ötkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Dastlab tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev tadbirga yiğilgan barça bolajonlarni bayram şodiyonasi bilan samimiy qutlab, ularning kelgusidagi öqiş va işlarida ulkan zafarlar tiladi. Şuningdek, bolalarning komil inson bölib voyaga yetişlari uçun mamlakatimizda yaratilgan barça şart-şaroitlar haqida töxtalib ötdi.
Aytiş kerakki, bugun yurtimizda ertangi kun egalarining barkamol avlod bölib voyaga yetişlari uçun barça imkoniyatlar mavjud. Ularning bepul taʼlim oliş, tibbiy xizmatdan foydalaniş va boşqa huquqlari Qonun bilan kafolatlab qöyilgan.
Tadbir davomida turli musobaqa va bellaşuvarda qatnaşib, yuqori natijalarga erişgan bolajonlarning yutuqlari eʼtirof etilib, esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Bayram sovğalari, şaʼniga bildirilgan iliq söz va tilaklar bolajonlarning dilida katta tassurot va yorqin iz qoldirdi. Bolajonlarga körsatilayotgan yuksak eʼtibor va ğamxörlik ularni yanada yangi marralar va zafarlar sari undadi.
Tadbir tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari, maktablar, maktabgaça taʼlim muassasalarining raqs dastalari ijrosida baxtli bolalik, ozod va obod Vatanimizni tarannum qiluvçi kuy-qöşiqlar va raqslar bilan davom etdi. Öz tengdoşlari tomonidan mahorat bilan ijro etilan kuy-qöşiqlar, raqslar va sahna körinişlarini bolalar maroq bilan tomoşa qilişdi.
Darhaqiqat, ota-ona uçun dunyoda bolajonlar kulgusi va şodligidan aziz neʼmat yöq. Tiniq nigohi va biyron tili bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni örganişga, muşohada qilişga urinayotgan bolakayning nurli çehrasiga boqqan har qanday inson hayot taşvişlarini unutadi. Farzandining saodatli va baxtiyor damlarini körib yaşaş har bir inson umrining asosiy mazmunidir.
Yana bir bora yurtimizdagi barça bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Siz – Vatanimizning kelajagi, ertangi kunimiz egalarisiz. Şunday ekan, ilm-fan, kasb-hunar sirlarini puxta egallab, kelajak sari dadil qadam taşlang! Buyuk bobolarimizga munosib izdoş, el-yurtimizga kamarbasta avlod, ota-onangiz orzu qilgan farzand bölib voyaga yeting, aziz bolajonlar!
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶