24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:07
Jamiyat 👁 218

Amir Temur nomli ovulda DXX xodimlari aholi bilan uchrashdi

Amir Temur nomli ovulda DXX xodimlari aholi bilan uchrashdi

Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini binosida chegaraga yaqin joylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan “Chegara dahlsizligi, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm hamda narkotrafikga qarshi kurashishda mahalliy aholining roli” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, tuman hokimligi mutasaddilari, chegara oldi hududidagi fermer xoʻjaligi ishchilari, imomlar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

 Yigʻilish davomida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari aholiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun mohiyati keng tarzda tushuntirishlar berdilar.

Qolaversa, davlat chegara chizigʻidan 500 metr oraliqda chorva mollarini boqmaslik, chegara hududida fermer xoʻjaligi yerlarida ishlovchi ishchilarning roʻyxatlarini Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim qilish, aholiga chegara oldi zonalarida Qonun talablari asosida harakatlanish zarurligi boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, chegara oldi hududlarida istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida dunyoviy va diniy qarashlar zidligininshg yuzaga kelishining oldini olish, nosogʻlom, diniy aqidalar tasiriga tushib qolgan oilalar bilan alohida ishlash, ularning hayotda oʻz oʻrnini topishlarida hamkorlikni kuchaytirish lozimligi haqida taʼkidlab oʻtildi.

Aytish kerakki, hozirgi kunda muqaddas islom dinimizning asl mazmun-mohiyatini anglab yetish, uni turli xil gʻarazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va boʻhtonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodimizga toʻgʻri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu gʻoyalarini keng targʻib etish vazifasi nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Afsuski, baʼzi yurtdoshlarimiz yaqin qoʻshnimiz Afgʻoniston, qolaversa Suriya va Iroq davlatlaridagi notinchliklar guvohi boʻla turib ham aqidaparastlarga aldanib, ularga qoʻshilib qolayotganligi achinarli holat.

Yigʻilishda fuqarolarga bugungi kunda islomni daʼvo qilayotgan, biroq qilayotgan ishlari islomga butunlay begona boʻlgan terrorchilarning asl maqsadi haqida tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini oshirish zarurligi, ota-onalar farzand tarbiyasiga jiddiy qarashi lozimligi taʼkidlandi.

Darhaqiqat, bugungi axborot asrida internet tarmoqlarida islom dinini turli koʻrinishda targʻib qiladigan videolavhalar, maʼruzalar koʻp uchraydi. Ammo ularning hammasiga ham ishonib boʻlmaydi. Yigʻilish yakunida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Mamlakatamizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Buning asosida yurtboshimiz olib borayotgan oqilona siyosat, kechani kecha, kunduzni kunduz demay xizmatga shay harbiylarimiz, yoshlarimizni Vatanga sadoqatli, insonparvar va bilimli etib tarbiyalash yoʻlida hormay mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarimiz hamda xalqimizning diniy maʼrifatini oshirish, ularni sof islomiy qadriyatlar asosida imon-eʼtiqodli qilib tarbiyalash yoʻlida ulkan xizmat qilayotgan imom-xatiblarimizning xizmatlari mujassamdir.

Shunday ekan, tinchlikdek oliy neʼmatning qadriga yetishimiz, uni asrab-avaylash, ogoh va xushyor boʻlib yashash – har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

Fotima Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026