24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:08
Jamiyat 👁 359

“BIR NURONIY OʻN YoShGA MASʼUL” NOMLI TABDIR OʻTKAZILDI

“BIR NURONIY OʻN YoShGA MASʼUL” NOMLI TABDIR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari qabul qilingan. Tumanimizda ushbu hujjatlar ijrosini taʼminlash boʻyicha hokimlik va tegishli tashkilotlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli nuroniylar va ziyolilarni ishsiz, tarbiyasi ogʻir va muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularni jamiyat uchun foydali insonlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bugungi kunda tumandagi mavjud 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi 490 nafar muammoli yoshlarga 70 nafar faol nuroniylar biriktirildi.      

Joriy yilning 3-iyun kuni tumandagi “Xon saroy” mehmonxonasi restoranida fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan, mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.

Nuroniylarga toʻkin dasturxon yozilib izzat-ikrom koʻrsatildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad– fuqarolar yigʻinlaridagi “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashlari aʼzolarini, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan nuroniylarni “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz, muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularga koʻmak berish boʻyicha oʻzaro tajriba va fikr almashishdan iborat.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Tursinbay Abdijabbarov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda bir guruh faol nuroniy otaxonlar qatnashdilar.

Tadbir davomida Tursinbay Abdujabbarov nuroniylarga yoshlar tarbiyasiga befarq boʻlmaganligi, ayrim muammoli yoshlarni otaliqqa olib, ularga har tomonlama koʻmak berayotganliklari uchun oʻzining chuqur minnaddorligini bildirdi.

Shu bilan birga, tadbirda belgilagan ishlar samaradorlagini oshirish maqsadida mahallalarda keksa avlod vakillari va yoshlar ishtirokidagi uchrashuvlarni oʻtkazish orqali yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda hayotda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, yoshlarni diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlar tashkil etishni anʼanaga aylantirish, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida har bir mahalla fuqarolar yigʻinida nuroniylarni yoshlarga biriktirish boʻyicha yangi tizimni joriy etishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun mamlakat boʻylab sayohatlarni tashkil etish, imkoniyati cheklangan hamda yolgʻiz keksalarga moddiy yordam koʻrsatish va ularni manzilli ijtmoiy himoya qilish maqsadida pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot xizmatining taʼsirchan mexanizmlarini yaratish hamda nazorat oʻrnatish kabi muhim masalalar boʻyicha soʻz yuritildi.

Shuningdek, tadbirda jamoat ishlarida faol, mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga, jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari, Bekmon ota Allabeganov 75 yoshga toʻlishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tuman hokimligi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan pul  mukofoti va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev, boʻlim boshligʻi maslahatchisi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi, “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Bahadir Baltabayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Mahsud Sadullayev, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlinmasi raisi Sardor Ismailov, “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari, Sanobar Xoʻjamuratovalar loyihani amalga oshirish borasida oʻzaro fikr almashib oʻz taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi  bilan davom etdi.

Mahalla− ajdodlarimizning yuksak tafakkurini, urf-odatlar va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan, jahon ahli havas qiladigan ezgu qadriyatlarimiz koʻzgusidir. Bugungi kunda bu noyob tuzilmaga yangicha maʼno-mazmun baxsh etilayotgan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoili yoshlarning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari, hayotda oʻzining munosib oʻrnini topishlari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

     

B.Baltabayev,

Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi maslahatchisi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026