“Qaldirğoç” bolalar oromgohi bolajonlarni öz bağriga çorladi
Yurtimizda yoşlarning bilimli, zukko, şu bilan birga soğlom bölib voyaga yetişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Jumladan, ularning yozgi taʼtilini maroqli va mazmunli ötkaziş maqsadida respublikamizning barça hududlarida bölgani kabi Amudaryo tumanida ham “Qaldirğoç” bolalar yozgi oromgohi iş boşladi. Oromgohda bu yilgi soğlomlaştiriş mavsumiga puxta tayyorgarlik körildi. 3-iyun kuni uşbu oromgohning oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda sektorlar rahbarlari — tuman prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Rözmetov, 3-sektor rahbari, tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov, 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismailovlar iştirok etişdi.
Dastlab tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov barça bolajonlarni uşbu oromgohning oçilişi bilan samimiy tabriklab, bolalarni oromgohga qabul qiliş va ular bilan işlaşiş borasida oromgoh maʼmuriyatining rejalari haqida batafsil töxtab ötdi.
Taʼkidlab ötilganidek, oromgohda bolalarning dam olişi uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Ayniqsa, körkam suv havzalari, şaxmat maydonçalari va turli yangi turdagi arğamçoqlar ularning sevimli dam oliş maskaniga aylanişi şubhasiz.
Tuman Halq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismailov bolalarga taʼtil bekorga berilmaganligini, uşbu uzoq tanaffusdan foydalanib, bilim oliş uçun kuç töplaşlari, issiq yoz imkoniyatlaridan kelib çiqib, tanasini çiniqtirib olişişlari kerakaligini, köproq badiiy kitoblar öqib, dunyoqarişini kengaytirişlari zarurligini aytib ötdi.
Huquq-tartibot organlari vakillari bolalarga oromgohda xavfsizlik qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanişlari zarurligini eslatib, zaruriy tavsiyalarini berişdi.
Uşbu oromgohda tumanimizda mavjud 87 ta maktablarning 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan öquvçilari qamrab olingan. Ahamiyatli jihati, oromgohda bolajonlarga tajribali şifokorlar xizmat körsatişadi. Ularning salomatligi, tozaligi, orastaligi, ovqatlaniş tartibi şifokorlarning doimiy eʼtiborida böladi. Şuningdek, dam oluvçilarning xavfsizligini taʼminlaş ham doimiy nazorat qilib boriladi.
Oromgohda bolajonlarga oliy maʼlumotli, tajribali tarbiyaçilar, yetakçilar jalb etilgan bölib, ular ham öquvçilarning maroqli dam olişlariga, intellektual bilim va salohiyatlarini oşirişlariga qaratilgan turli tanlov va musobaqalar ötkazadilar. Mazkur oromgohda 9-avgustga qadar 500 nafar öquvçi dam olişi rejalaştirilgan. Uşbu vaqt mobaynida ular vaqtlarini mazmunli ötkaziş bilan birga köplab döstlar orttiradilar.
Oromgohda haftaning har bir kuni alohida tassurotlarga boy tarzda keçadi. Yoş kitobxon, xorijiy tillar, musiqa, rasm va boşqa tögaraklar maşğulotlari orqali bolalarning bilim darajasi mustahkamlab boriladi. Öğil-qizlarning futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, şaxmat-şaşka, stol tennisi, suziş va boşqa sport turlari bilan şuğullanişlari uçun barça imkoniyatlar yaratilgan bölib, bunday şart-şaroitlar ularning soğlom ösişi, bilim va dunyoqaraşini kengaytirib, ona yurtimizga, uning betakror tabiatiga mehrini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Öz tengdoşlari orasida miriqib dam oluvçi bolajonlar uçun bu yilgi dam oliş mavsumi bir umrga unutilmas lahzalar bilan yodda qolişi şubhasiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶