Savol bering, javob beramiz
Savol:
Otalikni belgilaş tartibi qanday amalga oşiriladi?
Javob:
Otalikni belgilaş – ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki sudning otalikni belgilaş töğrisidagi hal qiluv qaroriga asosan tuğilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organi tomonidan amalga oşiriladi.
Otalikni belgilaş ariza berilgan kuni ota-onaning iştirokida amalga oşiriladi. Uşbu jarayonda ota-onalardan biri iştirok etolmagan taqdirda, uning arizadagi imzosi qonun bilan belgilangan tartibda tibbiyot muassasasi, FHDYo organi, harbiy qism yoki jazoni ijro etiş muassasasi rahbari imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlanişi lozim.
Agar tuğilganlik haqida dalolatnoma yozuvi boşqa FHDYo organida qayd qilingan bölsa, u holda otalikni belgilaş haqidagi arizani qabul qilgan FHDYo organi arizadagi maʼlumotlarni arizaçilarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari bilan soliştirib, imzolarini tasdiqlaydi va tuğilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etgan FHDYo organiga ijro uçun jönatadi, şuningdek, bolaning tuğilganligi haqida dalolatnoma yozuvi MDH mamlakatlarida qayd etilgan bölsa, otalikni belgilaş haqidagi ariza yoki uşbu masala böyiça sud qarori (rus tilidagi tarjimasi bilan) tuğilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga tegişli FHDYo organiga yuboriladi.
FHDYo organi tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga berilgan arizaga muvofiq zarur özgartirişlarni kiritadi hamda tuğilganlik haqidagi yangi guvohnomani jönatadi.
10 yoşga tölgan bolaga otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning şaxsiy imzosi bilan ifodalanadi.
Otalik bolaning otasi boşqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qatʼi nazar belgilanadi. Şu sababli otalikni belgilaşda uning xotinining roziligi talab etilmaydi.
SavolgaIIIdarajali huquqşunos, tuman FHDYo bölimi inspektori Zulxumor Baltabayeva javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶