21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:36
Iqtisodiyot 👁 361

SEKTORLAR RAHBARLARI BOZORLARDA NARX-NAVO BARQAROR BOʻLIShIGA EʼTIBOR QARATMOQDALAR

SEKTORLAR RAHBARLARI BOZORLARDA NARX-NAVO BARQAROR BOʻLIShIGA EʼTIBOR QARATMOQDALAR

Jahonda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlar tufayli bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasining ildiz otishiga, ayrim mahsulot turlarining sunʼiy taqchilligiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji bozori va dehqon bozorlarida kunlik kirib keladigan meva-sabzavot, gʻalla, goʻsht va non mahsulotlarining narxi soʻnggi haftalarda jiddiy oshgani xaridorlarning noroziligiga sabab boʻlmoqda.

Shu bois, bozorlarimizdagi narx-navoning sunʼiy oshishiga chek qoʻyish, sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari – 1-sektor rahbari, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, 2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov va 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovlar har kungi ish faoliyatini bozordagi narx-navoni nazorat qilishdan boshlamoqdalar.

Maʼlumki, bugʻdoy yetishtiruvchi fermer va dehqonlardan tortib, ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilar manfaatini koʻzlagan holda un mahsuloti realizatsiya qilinishining bozor tamoyillariga asoslangan mexanizmi joriy qilindi. Ushbu masalada tushunmovchiliklar kelib chiqishining hamda narxlar asossiz oshirilishining oldini olish, nazorat oʻrnatish maqsadida sektorlar rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Aholi bilan ham uchrashuvlar oʻtkazilib, un mahsuloti joriy yil iyun oyidan boshlab birja savdolariga yetarli miqdorda qoʻyilayotgani va bu jarayon ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgani, Respublikada un mahsuloti zahirasi shakllantirilgani, narx navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda un savdolarga qoʻyib borilishi tushuntirilmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda prokuratura va soliq organlari mutasaddilari ham non ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarni hamda aholini bu borada havotirga tushmaslikka, sunʼiy taqchillik vujudga keltirmaslikka chaqirmoqdalar.

Qolaversa, asosiy turdagi kundalik isteʼmol mahsulotlarining rastalarda doimiy savdoda boʻlishini taʼminlash, narx-navoning asossiz ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, sunʼiy taqchillik kelib chiqishining oldini olish maqsadida toʻrtta sektor rahbarlari deyarli har kuni bozorlarda va savdo doʻkonlarida nazorat ishlarini olib borishayotganidan xaridorlar ham mamnun.

Amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari tufayli ayni kunlarda Mangʻit Dehqon bozorida mahsulotlar narxi sunʼiy oshishining oldi olinmoqda.

Sektor rahbarlari narx-navoning sunʼiy oshirib yuborilishiga hech qanday asos yoʻqligini, mamlakatimizda, xususan, Amudaryo tumanida ham xalqimiz ehtiyojini toʻliq taʼminlaydigan darajada oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari mavjudligini taʼkidlab, sotuvchi va xaridorlarga bu borada zarur maʼlumotlarni ham taqdim etishmoqda.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan shuni iltimos qilamizki, qaysidir mahsulot narxi oshib ketar ekan yoki tugab qolar ekan degan asossiz mish-mishlarga ishonib, ehtiyojdan ortiq miqdorda sotib olish sunʼiy taqchillik kelib chiqishiga sabab boʻladi. Shunday ekan, barcha yurtdoshlarimizni savdo va isteʼmol madaniyatiga rioya qilishga chaqirib qolamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026