Qirq yildan keyingi diydor
Joriy yilning 4-iyun kuni Amudaryo tumanidagi 24 – sonli umumiy örta maktabni 1980-yilda tugatgan sobiq bitiruvçilarning 40 yillik yubiley uçraşuvi bölib ötdi. Uşbu dargohni qirq yil muqaddam tamomlagan sobiq öquvçilar diydorlaşuvi maktab binosida taşkil etildi.
Uçraşuvga Respublikamizda fan, taʼlim, harbiy sohada, xususiy tadbirkorlikda, pedagogika sohasida faol mehnat qilib kelayotgan 25 dan ziyod bitiruvçilar kelişdi. Uçraşuvga kelgan bitiruvçilar nafaqat tumanimizda, balki Respublikamizda ham özlarining faol xizmatlari, ulkan tajribalari bilan tanilgan yetuk mutaxassislar bölib, Vatanimiz ravnaqi uçun hissa qöşayotgan, hozirgi kunda özining boy amaliy tajribasi bilan ösib kelayotgan yoş avlodga örnak bölayotgan aziz insonlardir.
Uçraşuvda maktabning 25 dan ziyod sobiq öquvçilari hamda ularning ustoz – murabbiylari, sobiq öqituvçilaridan Podşagul Erniyazova, Boltaboy Alimboyev, Omongul Qayirbergenova, Nağişboy Nurniyazovlar qatnaşdilar.
Maktab öquvçilari tomonidan taşkil etilgan uzoq yillik sinfdoşlar uçraşuvi bayram tantanalariga aylanib ketdi. Tadbirniing taşkiliy qismi maktab binosida ötkazildi.
Tadbirda Qozoğistondan taşrif buyurgan yoşi uluğ sobiq ustozlar, faxriy öqituvçilar sözga çiqib, sobiq öquvçilarni 40-yilik uçraşuv bilan muborakbod etdilar. Ularga maktab hayoti, öquvçilik yillariga doir qiziqarli maʼlumotlar, hayotning totli onlari xususida iliq fikrlarini bayon etdilar. Sobiq sinfdoşlar ham oltin yoşlikning unutilmas lahzalari, qadr – qimmat, ustozlarga eʼzozlar haqida dil izhorlarini bayon qildilar.
Zamonaviy jihozlangan xonalarda taʼlim olayotgan bugungi kun öquvçisiga havas bilan qaraşar ekan, bugun yurtimizda ilm – fan va texnologiyalarning bugungi global dunyoda jadal ösişi, yoşlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularning isteʼdodi va qobilyatlarini töliq amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilganligini taʼkidlab ötdilar.
Sinf partalarida ötirar ekan, maktab davrida keçgan qiziqarli voqealar, ajoyib sarguzaştlarni miriqib eslaşdi. Uçraşuvga kelgan bitiruvçilar maktabning hozirgi hayoti, ilm – fandagi yutuqlari, yangi texnologiyalar bilan tanişdilar va özlarining taassurotlari, bolalik xotiralari bilan öroqlaşdilar.
Bundan 40-yil oldin maktabni tugatgan sobiq öquvçilar taʼlim maskani oldida esdalik fotosuratlariga tuşdilar va ustozlarga taʼzim bajo keltirib, maktab rahbariyatiga, ustoz – murabbiylariga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar, yaxşi niyatlar va istaklar bildirişdi.
Sinfdoşlar örtasidagi döstlik tuyğusi insonni maʼnaviy qöllab – quvvatlovçi, uning oğirini yengil qiluvçi, ruhiyatini kötaruvçi, öziga işonç orttiruvçi kuç hisoblanadi. Insonda döstlik, birodarlik, özaro işonç tuyğulari darhol yuzaga kelib, öz – özidan mustahkamlanib qolmaydi, balki yillar davomida şakllanib boradi.
Taşkilotçilar uzoq va yaqindan kelgan bitiruvçilarni bir payola çoyga taklif qildilar, döstlar uçun yozilgan dasturxon atrofida döstona suhbat va öyin – kulgular bilan bitiruvçilar tantanasi uzoq vaqt davom etdi. Sinfdoşlarning soğinçli diydorlaşuvi uzoq yillar xotirada muhrlanib qoladigan darajada yuqori saviyada ötkazildi.
Uçraşuv jarayonida sobiq bitiruvçilarning dil sözlari bir – biriga ulanib ketdi, şöx- şodon öyin – kulgular avj olib, kuy – qöşiqlar yangradi.
Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶