YoZGI TAʼTIL BOLALARGA OTA-ONALAR BILAN MAROQLI VA MAZMUNLI ÖTADI
Yoz faslida öquvçilar taʼtilga çiqib, dam olişadi. Yozgi taʼtil ularga dam oliş va kuçlarni qayta tiklaş uçun ajoyib imkoniyat.
Ammo har bir ota-ona farzandining taʼtil davomidagi vaqtlarini rejalaştirib, mazmunli ötkazişini taʼminlasa, maqsadga muvofiq böladi. Maktabdagi maşğulotlar tugab, taʼtil davri boşlanganidan söng, kunni qanday ötkaziş uçun kunlik yoki haftalik reja tuzilişi kerak.
Masalan, soat 8.00 da nonuşta, 9.00 da velosipedda yoki oçiq havoda sayr qiliş, 10.00 da televizorda qiziqarli körsatuv tomoşa qiliş va şu kabi foydali, qiziqarli maşğulotlar reja qilib qöyilsa, bolajonlar behuda narsaga çalğimaydi va zerikişmaydi.
Bolalarning televizor yoki kompyuter qarşisida soatlab ötirişga yöl qöymaslik kerak. Ularni öyinlarga çorlab, rağbatlantirib boriş lozim. Keraksiz narsalarni tomoşa qiliş zararli ekanligini tuşuntiriş bilan birga kitob öqişga, kitoblardan foydali narsalarni örganişga odatlantiriş maqsadga muvofiq.
Bolalar ota-onalari bilan ötkazilgan vaqtni juda qadrlaşadi. Şunday ekan, har bir ota-ona yozgi taʼtil davrida öz farzandiga eʼtiborli bölsa, ularning miriqib dam olişlariga imkoniyat yaratgan bölar edi.
Inobat NORIMOVA, 38-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶