24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:01
Jamiyat 👁 593

MANGʻIT ShAHRIDA TOMORQASIDA GIYoHVAND MODDA YeTIShTIRAYoTGAN FUQARO QOʻLGA OLINDI

MANGʻIT ShAHRIDA TOMORQASIDA GIYoHVAND MODDA YeTIShTIRAYoTGAN FUQARO QOʻLGA OLINDI

Respublika hududida narkotik moddalarni kontrabanda yoʻli bilan olib kirish, tranzit ravishda oʻtkazish holatlarini fosh qilish hamda tarkibida narkotik moddalar boʻlgan oʻsimliklarni aniqlash maqsadida har yili “Qoradori” keng qamrovli tadbiri oʻtkazilishi belgilangan.

Bu boradagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 20-dekabrdagi “Asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 13-aprel kuni farmoyishi ishlab chiqildi. Farmoyishda mazkur yilda “Qoradori – 2022” keng qamrovli tadbirini Respublika miqyosida ikki bosqichda oʻtkazish koʻrsatilgan boʻlib, ayni kunlarda hududlarda birinchi bosqich tadbirlari oʻtkazilmoqda.

 Amudaryo tumani hududida ham Ichki ishlar boʻlimining shaxsiy tarkibi ishtirokida shu yilning 1-may kunidan 30-iyungacha boʻlgan davr oraligʻida «Qoradori – 2022» keng qamrovli profilaktik-tezkor tadbirining birinchi bosqichini oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan ish rejaga asosan bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, tuman hududida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va boshqa xodimlar tomonidan ovul va mahallalar hududlarida istiqomat qiluvchi aholining tomorqalari, fermer xoʻjaliklari raislari ishtirokida ularning dala maydonlari koʻzdan kechirildi. Keng aholi qatlami oʻrtasida tarkibida giyohvand moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha targʻibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida tarkibida giyohvand moddasi boʻlgan oʻsimliklarni noqonuniy ravishda yetishtirish holatlarini aniqlash va yoʻq qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtiyoridagi uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) yordamida nazoratli uchishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga oid tartib buzilganligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda tarkibida giyohvandik moddasi boʻlgan oʻsimliklar yetishtirilishi ehtimoli bor yer uchastkalari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanishi, ishlab chiqarilishi, tayyorlanishi, realizatsiya qilinishi, taqsimlanishi, foydalanilishi va yoʻq qilinishi mumkin boʻlgan obʼektlar koʻzdan kechirildi.

«Qoradori – 2022» tadbirining birinchi bosqichi davomida tuman hududiga giyohvand vositalar kirib kelishining oldini olish maqsadida boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlik kuchaytirildi.

Tadbir davomida tuman Ichki ishlar boʻlimining jinoyat-qidiruv boʻlinmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Mangʻit shahri hududidagi mahallalardan birida yashovchi fuqaro xonadonidagi tomorqa yer koʻzdan kechirilganida, toʻrt tup marixuanna giyoxvandlik moddasiga oʻxshash oʻtkir hidli yashil rangli oʻsimlik ekib qoʻyilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu fuqaroning xonadonida mavjud boʻlgan qoʻshimcha xoʻjalik xonalari koʻzdan kechirilganida, uyining molxonasida 3 dona 1 litrlik bankalarda va 1 dona oq rangli qogʻozga oʻrab qoʻyilgan oʻtkir hidli, yashil rangli marixuanna giyohvandlik moddasiga oʻxshash quritilgan oʻsimliklar saqlab qoʻyganligi ham maʼlum boʻldi. Tomorqada oʻsayotgan oʻsimlik va molxonadan topilgan moddalar ham ashyoviy dalil sifatida olib ketildi.

Ushbu xolat yuzasidan oʻtkazilgan ekspertiza tekshiruvlarida mazkur moddalar 160,15 grammlik marixuanna giyohvandlik moddalari ekanligi oʻz tasdigʻini topdi. Shunga koʻra tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirgi kunda holat boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi taʼminlangan. Qonunlarimizni buzgan va unga amal qilmagan har qanday shaxs qonun oldida javob berishga majbur. Ushbu fuqaro ham endi qilmishiga yarasha qonun oldida javob beradi va qilmishiga yarasha jazoga tortiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026