YuRIDIK XIZMAT KÖRSATILAYoTGAN TAŞKILOTLAR MASʼULLARIGA SEMINAR ÖTKAZILDI
Tuman Adliya bölimining inson huquqlarini himoya qiliş, ijtimoiy huquqni qöllaş amaliyotini örganiş bölinmasi va Yuridik xizmat körsatiş markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi yuridik xizmat körsatilayotgan 18 ta taşkilotlar masʼul xodimlariga seminar taşkil etildi.
Şu yil 20-iyun kuni tuman Davlat xizmatlari binosi majlislar zalida bölib ötgan mazkur seminarda Markaz boşliği Nilufar Jumaniyozova tomonidan “E-huquqshunos” tizimi orqali hujjatlar almaşinuvidagi özgartirişlar haqida söz yuritildi. Yuridik xizmat körsatiş markaziga yangidan qöşilayotgan taşkilotlarga “E-huquqshunos” tizimi orqali hujjatlar almaşinuvining afzalliklari tuşuntirildi.
Taʼkidlanganidek, taşkilotlarga yuridik xizmat körsatiş asosan “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oşiriladi. Elektron tizimga içki buyruq, şartnomalar va boşqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalari kiritiladi hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalaniş mumkin. Elektron tizimdan foydalanuvçi taşkilotlar şaxsiy kabinetga kirib, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlaş, qayta işlaş va xulosa oliş uçun Markazlarga yuborişlari kerak. Markazlarning masʼul xodimlari tegişli xulosa tayyorlaş, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktiradi hamda özaro hujjat almaşişni amalga oşiradi.
Elektron tizimdan foydalanuvçi taşkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan söng, takrorlanmaydigan maxsus raqam beriş va elektron tarzda qabul qilinadi hamda uşbu hujjatlar avtomatik tarzda izçil ketma-ketlikda raqamlanadi. Davlat taşkiloti faoliyatini takomillaştiriş böyiça takliflarni tizimga biriktiradi, ularni tahrir qilib, takliflarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Ötkazilgan tarğibot tadbirlari bilan boğliq materiallar ham elektron tizim orqali almaşiladi.
Seminar davomida xodimlarning işga masʼuliyatini oşiriş, tizim orqali aniqlanayotgan xato va kamçiliklar töğrisida söz yuritildi va ularni bartaraf qiliş yuzasidan takliflar berildi.
Undan taşqari, tuman Adliya bölimining inson huquqlarini himoya qiliş, huquqni qöllaş amaliyotini örganiş bölimi yetakçi maslahatçisi Bahrom Sobirov tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yöl harakati qoidalari töğrisida”gi 172-son qarori mazmun-mohiyati tuşuntirib berildi. Şuningdek, Özbekistonda yangi tahrirdagi yöl harakati qoidalari tasdiqlanganligi, unga şu yil 1-maydan boşlab, amal qilina boşlanganini taʼkidlab ötdi. Qarorga köra kiritilgan özgartirişlar haqida ham keng tarzdagi tuşuntirişlar berib ötildi.
Seminarda majburiy mehnatning taʼqiqlanişi, mehnat taʼtillarini beriş tartiblari ham huquqiy tuşuntirib ötildi. Şuningdek, seminar qatnaşçilarini qiziqtirgan savollarga atrofliça, batafsil va qonuniy asoslantirilgan javoblar berildi.
N.Jumaniyozova, tuman Adliya bölimi Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶