21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 688

Amudaryo tumani fermerlari gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajardi

Amudaryo tumani fermerlari gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajardi

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, boshoqli don ekinlarini yetishtirishga qaratilayotgan eʼtibor dasturxonimiz toʻkinligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizning barcha hududlarida, shu jumladan Amudaryo tumanida ham gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan har yilgi shartnomaviy rejalar ortigʻi bilan bajarilib, yil davomida xalqimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan taʼminlash imkoniyati oshib bormoqda.

Joriy yil hosili uchun tumanimizda 344 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 6 ming gektar maydonga gʻalla ekilib, tekis unib chiqqan bugʻdoy maysalari agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilindi.

 Fermer xoʻjaliklari tomonidan bugʻdoy dalalarini kuz-qish mavsumida sugʻorish va oziqlantirish ishlariga katta eʼtibor berilib, kechiktirib boʻlmaydigan agrotexnik tadbirlar uyushqoqlik bilan tizimli ravishda amalga oshirildi.

Erta bahorda bugʻdoy maysalarini sugʻorish va oziqlantirish, suspenziya sepish, zararkunandalarga qarshi kurashish va begona oʻtlardan tozalash tadbirlari davom ettirildi. Natijada yozning oʻrtalariga kelib dalalarimizda koʻzni quvontiradigan, moʻl hosildan darak beruvchi gʻalla boshoqlari boʻliq boʻlib yetildi.

Ayniqsa, klasterlar tashkil qilingani hamda gʻallani sotish jarayoniga bozor mexanizmlari joriy qilinayotgani fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirdi. Islohotlar natijasida bu yilgi mavsumdan boshlab yangi tizim joriy qilinib, don yetishtirgan fermer xoʻjaliklariga davlat xaridlari uchun yetkazilib beriladigan 1 kg tovar donning narxi 3 ming soʻm qilib belgilandi. Tuman boʻyicha oladigan boʻlsak, davlat xaridlari uchun sotilishi reja qilingan tovar donning 5 ming 944 tonnasi, yaʼniy 78 foizi 3 ming soʻmdan kafolatli sotib olinadi. Qolgan 3 ming 378 tonna bugʻdoy don korxonasida ijara asosida saqlanib, birja savdolari orqali iyul, avgust, sentyabr oylarida erkin narxlarda sotilishi rejalashtirilgan. Ushbu oʻzgarishlar fermerlarni yerdan koʻproq daromad va moʻl hosil olishga undashi bilan ahamiyatlidir.

Yetishtirilgan hosilni oʻrib olish maqsadida tumanda jami 17 ta oʻrim otryadlari tashkil etilib, ularga 18 ta kombaynlar biriktirildi. Oʻrim-yigʻim mavsumi oldidan don qabul qilish maskanlari toʻliq taʼmirlanib, jalb qilinadigan texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazildi va bu ishlarda qatnashuvchi ishchilarning malakalari oshirildi.

Oʻrim-yigʻim mavsumining uyushqoqlik bilan tashkil qilingani natijasida yetishtirilgan donni yigʻib olish ishlari qisqa fursatlarda yakunlandi. Bir kunda salkam 850 tonna don qabul maskanlariga kiritilgani ham fikrimizning dalilidir.

Bu kabi uyushqoqlik natijasida fermerlarimiz shartnomadagi 10 ming 672 tonna oʻrniga 10 ming 704,6 tonna don topshirib, 24-iyun kuniyoq rejalarini ortigʻi bilan bajardilar va Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib eng sarbaland gʻalla xirmonini koʻtardilar.

Shartnomaviy rejadan tashqari yetishtirilgan hosilning fermer xoʻjaliklari tasarrufida qolishi qishloq ahlining turmush farovonligini taʼminlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanda oʻrim-yigʻim ishlari hali davom etmoqda. Amudaryolik gʻallakorlar dalalarda pishib yetilgan boshoqli donni nes-nobut qilmay, soʻnggi misqoligacha yigʻishtirib olish uchun mehnat qilmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, barcha gʻallakorlarimizga xirmoningiz hamisha sarbaland boʻlsin, halol mehnatlaringizning rohatini koʻrish nasib qilsin, deymiz. Mehnat zafaringiz muborak, aziz amudaryolik gʻallakorlar!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026